So’nggi yangiliklar

19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  6 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  0 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  90 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  15 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  2 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  53 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2

Penaltilar statistikasi: Birinchi davrada kim ko'p penalti tepdi yoki umuman nuqtaga ham yaqinlashmadi? Yangiliklar

Penaltilar statistikasi: Birinchi davrada kim ko'p penalti tepdi yoki umuman nuqtaga ham yaqinlashmadi?

Mavsumning dastlabki qismiga oid qiziq fakt va malumotlarni berishda davom etamiz.

2025 yilgi Superliga birinchi davrasi yakunlariga ko'ra, penaltilar bo'yicha qayd etilgan raqamlar chempionatning dinamikasi, jamoalarning hujumdagi faolligi va hakamlar qarorlari haqida ko'p narsadan dalolat beradi. Ayrim jamoalar uchun 11 metrli jarima zarbalari g'alabaga olib keluvchi asosiy omilga aylansa, boshqalari undan etarlicha foydalanish imkonini topa olmadi. 

"Navbahor"ning ikki yo'nalishdagi rekordi

Penalti soni bo'yicha birinchi davraning mutlaq etakchisi — "Navbahor". Jamoa foydasiga 5 ta penalti belgilangan bo'lib, bu ko'rsatkich bo'yicha "Nasaf", "Bunyodkor" va "Surxon" (har biriga 4 tadan) ularni taqib qildi.

Qizig'i shundaki, "Navbahor" ning darvozasiga ham eng ko'p — 6 ta penalti belgilangan. Ularning 3 tasi golga aylanmadi. Bu esa jamoaning jarima maydonida juda ko'p faol harakatda bo'lgani, bazan esa xatarga yo'l qo'yganini ko'rsatadi. Aynan shu holat, bir vaqtning o'zida hujumdagi faollik va himoyadagi kamchiliklar uyg'unligini namoyon etadi.

Penaltidan kim foydalandi, kimda aksi?

Foydalanish samaradorligida ham "Navbahor" yuqori natija qayd etdi: berilgan 5 penaltidan 4 tasi golga aylandi. Eng past ko'rsatkich esa "Surxon" jamoasiga tegishli — 4 imkoniyatdan faqat 1 tasi aniq amalga oshirildi. Bu murabbiylar shtabi uchun jiddiy signal: texnik tayyorgarlikdan tashqari futbolchilarning ruhiy barqarorligi ustida ham ishlash zarur.

Penalti ijrochisi sifatida Jiyanov porladi

Birinchi davrada penaltidan eng ko'p gol urgan futbolchi — Ruslan Jiyanov ("Navbahor"). U 3 ta penalti zarbasini golga aylantirib, bu ko'rsatkich bo'yicha boshqalarni ortda qoldirdi. Uning qiyin vaziyatlardagi penaltini aniq ijro etishi jamoa ochkolariga to'g'ridan-to'g'ri tasir qildi.

Darvozabonlar orasidagi qahramon — Shohrux Eshbo'taev

Penaltilarda o'zini ko'rsatgan darvozabon — Shohrux Eshbo'taev bo'ldi. U birinchi davrada 2 ta penaltini qaytarishga muvaffaq bo'ldi, bu esa nafaqat shaxsiy, balki jamoaviy muvaffaqiyatda ham muhim ahamiyat kasb etdi. Darvozabonning bunday muhim vaziyatlardagi harakatlari ko'plab ochkolar taqdiriga tasir ko'rsatadi.


Nuqtaga yaqinlashmagan jamoalar ham bo'ldi

Hayratlanarli jihatlardan biri — "Andijon" va "Neftchi" jamoalari butun birinchi davra mobaynida umuman penalti tepmadi. Bu holat ularning hujumdagi samaradorligi va raqib jarima maydoniga etib borish faolligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Yoki raqiblar tomonidan ehtiyotkor o'yin ko'rsatilganini anglatadi.

Shuningdek, "Buxoro", "Sho'rtan", "Mashal", "Paxtakor" va "So'g'diyona" jamoalariga faqat 1 tadan penalti berilgan. 

Hakamlar ko'z ostida — kimlar ko'proq “nuqta”ga ishora qildi?

Hakamlar faoliyati ham penaltilar orqali muayyan mezon bilan baholanadi. Bu borada Ravshan Abduvohidov birinchi davraning eng faol hakami bo'ldi — u 5 ta penalti belgilagan, shulardan 2 tasi "Navbahor", qolganlari "Xorazm", "Surxon" va "Dinamo" foydasiga bo'lgan. 

Shu bilan birga, bazi tajribali hakamlar birinchi davra mobaynida umuman penalti belgilamagan. Jumladan, Ilgiz Tantashev, G'ayrat Jo'raev va Xushnud Suyunboev 11 metrlik nuqtaga ishora qilmagan hakamlar sirasiga kiradi. Bu esa ular boshqargan uchrashuvlarda intizom yuqori bo'lgani yoki hakamlik uslubining nisbatan erkin va o'yinga aralashuv darajasi kamroq bo'lganini ko'rsatishi mumkin.

Xulosa: Penalti — natija emas, balki ko'rsatkich

Futbolda penalti — bu faqat bir zarba emas. U — jamoa hujumi, raqibning xatosi, hakamning didi, futbolchining psixologik barqarorligi va butun taktik jarayonning bir parchasidir. Birinchi davradagi raqamlar shundan dalolat berdiki, ayrim jamoalar bunday imkoniyatni unumli ishlatdi, boshqalari esa undan ko'proq yo'qotdi.

Superliganing ikkinchi davrasida penaltilar yanada ko'proq etibor markazida bo'lishi, hakamlik va finishga yaqinlashuv bilan bog'liq faqat texnik emas, balki ruhiy qarashlar ham ahamiyat kasb etishi turgan gap.

Reyting: +7   

Fikrlar

   
13 iyu 19:09:52
Неф69
Энг куп пенальтини кайси жамоа тепди,,шуни ёзинг,админ?
   
13 iyu 02:23:59
MuhlisUz
Қоил Навбахор доим трендда...
championat.asia
Яндекс.Метрика