So’nggi yangiliklar

20:15Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  0 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  1 19:52"Реал" Алабадан қутулмоқчи  1 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  23 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  4 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4 15:38Роналду – энг яхши!  27

"Paxtakor" shov-shuvli transferlarga qo'l urdi Yangiliklar

"Paxtakor" shov-shuvli transferlarga qo'l urdi

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Paxtakor" jamoasi transfer bozoridagi "qaynoq" xaridlarni amalga oshirdi.

Bunga qadar jamoa o'z tarkibiga himoyachi Akrom Komilov, yarim himoyachi Sardor Sobirxo'jaevni qo'shib olgandi. SHuningdek, klub "Nasaf" bilan shartnomasi tugagan kiper Sanjar Quvvatov bilan ham og'zaki kelishuvga erishgani haqida xabar bergandik.

OCHLga taraddud ko'rayotgan "Paxtakor" klubi O'zbekiston terma jamoasining bir yo'la ikki nafar azosi sanalgan futbolchilarni o'z safiga qo'shib olishga erishdi.

Dastlabki xarid to'g'ridan-to'g'ri raqibi va raqobatdoshi sanalgan "Lokomotiv" to'purari Marat Bikmaev bo'ldi. "Temiryo'lchilar" bilan shartnomasi tugagan hujumchiga "sherlar" qiziqarli taklif bilan chiqishdi va hujumchini ko'ndira olishdi. Bikmaev oldida Malayziyadan katta maoshli taklif bo'lishiga qaramasdan "Paxtakor" sobiq futbolchisi ortga qaytarishga erishdi.


Ikkinchi transfer birinchisidanda shov-shuvliroq bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasi vingeri va "Anji" futbolchisi sanalgan Doston Hamdamov ham "Paxtakor" bilan kelishuvga erishdi. Yangi mavsumdan etiboran Osiyo Kubogida porlagan futbolchi faoliyatini "Paxtakor"da davom ettiradi.

SHuningdek, klub shartnomasi yakuniga etgan ikki nafar azosi Jaloliddin Masharipov va Egor Krimec bilan ham yangi bitim imzoladi.

Reyting: -133   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика