So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  13 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  10 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  7 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

“Parma” - 105 yoshda! Yangiliklar

“Parma” - 105 yoshda!

Teglar :  A SeriyaParma
Italiya futbolini hech bo'lmasa o'tgan asrning oxiri, bu asrning boshlaridan kuzatib kelayotgan muxlislarga "Parma"ni alohida tanishtirishning hojati yo'q.

1913 yil 27 iyul kuni buyuk Juzeppe Verdining 100 yilligi munosabati bilan “Verdi” tashkil etilgan. 16 dekabr kuni esa u “Parma” nomini olgan. Bugun sizga ana shu klub bilan bog'liq voqeani so'zlab bermoqchimiz. Seshanba kuni, “Ennio Tardini” stadioniga Madridning “Real” jamoasi tashrif buyurgan edi.

1987 yil. Arrigo Sakki “Parma” bilan B Seriyada 7-o'rinni egalladi va "Milan"ga jo'nab ketdi. Uning o'rnini o'sha vaqtgacha “Karini”, “Bachigalupo”, “Mesilmeri” va “Likata” kabi klublarni boshqargan chexiyalik yosh murabbiy Zdenek Zeman egallaydi. O'sha yili chexiyalik murabbiylar tashrif buyurganida yana bir muhim voqea sodir bo'ldi. “Parmezanlar”ga yangi homiy topildi va u “Parmalat” korporaciyasi bo'ldi.

1987 yil 18 avgust. Mavsumoldi tayyorgarlik avjiga chiqqan payt. UEFA kubogini ketma-ket ikki marotaba (1985, 1986) qo'lga kiritgan Ispaniyaning amaldagi chempioni kuchli o'yinchilari bilan B Seriyadagi jamoaga qarshi o'ynash uchun “Tardini”ga kelgandi. Qanaqasiga deysizmi? “Parmalat” bu borada hech qanday qiyinchilikka uchramadi. CHunki sut maxsulotlari ishlab chiqaradigan zavod o'sha yillarda “Real”ga ham homiylik qilgan.

Galaktik ajiotaj. 15 ming muxlis, shuningdek, Kalisto Tanci va madridliklarning vice-prezidenti Ramon Mendos ham uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurgan edi. O'sha ajoyib kechada “blankos”dan CHendo, Sanchis, Butrageno, Ugo Sanches, Santilyana maydonga tushgandi. Faqatgina Valdano va Kamacho etishmasdi. Xo'sh, ularga qarshi kimlar o'ynagandi? Ularning maydondagi raqiblari sochi roker uslubida turmaklangan 21 yoshli Marko Osio va endigina “Parma”ga o'tgan 20 yoshli Luijji Apolloni edi.

Keyin Luijji shunday degandi: “Zeman bizni mashg'ulotlarda juda holdan toydirardi. U bizni asfaltda, charchab "tilimiz osilib qolguncha" shug'ullanishga majbur qilardi. Balki shu sababdandir, biz maydonda qushdek engil harakatlana olardik. “Real” bilan shunday ahvol edi. “Parma” o'shanda g'ayrati jo'shib, pressing va tezligi bilan madridliklarni hayron qoldirolgandi. Hisob 2:0 bo'lganida, Kalisto o'z ko'zlariga ishonolmagan. O'yindan so'ng, u kulib shunday degandi: “Biz “Real” ustidan g'alaba qozona olgan bo'lsak, u holda bizning jamoa unchalik ham yomon emas, shundaymi?” Butrageno bitta gol urgan, “Parma” g'alaba nashidasini surgan, Osio esa Sanchis bilan futbolkalarini almashgan, jamoa prezident Ernesto CHerezinining villasiga yo'l oladi. Bir necha haftadan so'ng “Parmalat” klub akciyalarining bir qismini sotib oladi. 1990 yilda esa CHerezinining fojeali o'limidan keyin “Parma”ni to'liq sotib oladi.

SHundan keyin Zeman va “Parma” jamoasi “Milan”ni ortda qoldirib, Italiya Kubogini qo'lga kiritgan. Bu Zdenek rahbarligi vaqtidagi ikkinchi va oxirgi g'alaba bo'ldi. Keyin esa qayd etilgan salbiy natijalardan sabab uni istefoga chiqarishadi. SHu voqeadan 3 yil o'tib, klub A Seriyaga chiqdi... 

"Parma" jahon futboliga ko'plab iqtidorlarni taqdim etganidan tajribali futbol ishqibozlarining xabari bor albatta. Kuni-kecha aynan shu klub o'zining 105 yoshini nishonladi!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика