So’nggi yangiliklar

19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  1 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  2 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  11 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  19 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  34 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda yig'in boshladi Yangiliklar

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda yig'in boshladi

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 14-25 fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida yig'in o'tkazishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

Ungacha terma jamoa bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich Toshkentda yig'in o'tkazishga qaror qildi. Yig'in davomida serbiyalik mutaxassis futbolchilar bilan yaqindan tanishib, ularning imkoniyatlari va jismoniy holatlarini ko'zdan kechiradi.

Toshkentdagi yig'in 14 fevralga qadar davom etadi. Keyin Olimpiya terma jamoasi azolari Ispaniyaga yo'l olib, o'sha erda yig'inni davom ettirishadi. Ispaniyadagi yig'in davomida bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan.

Bugun Lyubinko Drulovich va uning yordamchilari futbolchilar bilan dastlabki tanishuvni amalga oshirishdi. Uchrashuv davomida terma jamoa oldiga Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritish vazifasi turganligi, ushbu vazifani amalga oshirish uchun bir tanu bir jon bo'lib harakat qilish kerakligi aytib o'tildi. SHuningdek, futbolchilarga sog'lom turmush tarziga rioya qilish, turli zararli odatlardan chetda bo'lish kerakligi yana bir bor uqtirildi.

Toshkentdagi yig'in davomida Olimpiya terma jamoasi azolari "CHig'atoy" sport majmuasida va "Milliy" stadion mashg'ulotlar maydonida jismoniy mashqlar olib borishadi.  


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика