So’nggi yangiliklar

13:22Милитао: "Реал" учун қаттиқ ишлашда давом этиш муҳим"  0 12:53"Комо" "Манчестер Сити" футболчиси ҳуқуқларига эга чиқиши мумкин  0 12:25"Интер" "Челси" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  0 11:57Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада"  7 11:28Трамп КЖЧ финалига келади  2 10:55"Интер Майами" ғалаба қозонди, Лионел Месси эса кетма-кет тўртинчи ўйинда дубль қайд этди  13 10:51"Бавария" Бундеслигадаги рақобатчининг асосий футболчисини сотиб олмоқчи  0 10:22Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум  3 09:53Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи  7 09:24"Навбаҳор" ҳужумчиси иккинчи даврани "Хоразм"да бошлаши мумкин  4 08:56Энрике: "Телефоним "Барселона" мухлисларидан келган хабарларга тўла"  14 08:27"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчи олиб келмоқчи  12 07:58"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади  20 07:30Алонсо йирик мағлубиятдан сўнг нималар деди?  33 07:15Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал Мадрид" 4:0  21

Osiyo Kubogiga bora olmayotgan tarkib (foto) Yangiliklar

Osiyo Kubogiga bora olmayotgan tarkib (foto)

Qita chempionatiga boradigan tarkibimiz malum bo'ldi. Xayrulla Xoliqov bu haqda kichik maqola yozib o'tdi. Endi men bora olmayotganlar ichidan, kimlar terma jamoaga yordam bera olishi mumkinligi haqida to'xtalib o'taman.

Omon posboni kutilmaganda jarohat olib Osiyo Kubogisiz qolishi tabiiyki bizni quvontirdi. Endi musobaqa davomida huddi shunday vaziyat O'zbekiston bilan takrorlanmasligi kerak bo'ladi. Qatardagi turnirda Avstraliya bilan o'yindan oldin Nesterov jarohat tufayli maydonga tusha olmadi. BAAda endi bunday bo'lmasin deb turamiz, chunki zaxiramizdagi ikki nafar posbonda xalqaro tajriba kamligi pand berib qolishi mumkin. Nesterov esa har qanday vaziyatda ham bizning endi ishongan qo'rg'onimiz.
Vitaliy Denisov qarigani rost, o'yinlari ham avvalgidek emas. Lekin bu erda boshqa narsa bor. Futbol faqat maydonda o'ynalmaydi. Mashg'ulotlarda futbolchilarni kayfiyatini ko'tarib turadigan Geynrix endi yo'q. Vitalik aynan shu ishni Kuper uchun bajarib berishi mumkin bo'lgan futbolchilardan biri edi. Terma jamoa bilan 15 yillik stajga ega bo'lgan kishi sifatida ayta olaman, bu borada Denisov yordam berishi mumkin edi. Aslini olganda terma jamoamizda SHirshovdan keyin chap qanotda keyin ishonchli o'yinchi chiqmadi.

Garchand, SHerzod Azamov Avstraliyadagi mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgan bo'lsada, Turkiyaga tayyor edi. "Paxtakor"da ham mavsumni bir tekisda o'tkaza oldi. Huddi shunday tarifni Rustam Ashurmatovga nisbatan ham ishlatish mumkin. Rustam balki yosh ko'rinayotgandir, lekin u hujumni himoyadan boshlashga ustaligini mavsum davomida ko'rdik.

Sardor Mirzaev nega Kuper tomonidan unutildi bilmadim-u, lekin "Lokomotiv" futbolchisi jamoani chempion bo'lishida juda katta mehnat qildi. U hujum boshlashni biladi, olisdan kuchli zarbalar bera oladi, jamoadoshini yaxshi ko'ra oladi. Lekin u endi TV qarshisida o'yinlarni ko'radi. Afsuski Aziz G'aniev jarohat olgan, men undan Qatardagi Ahmedovni kutayotgandim.

Osiyo Kubogiga bora olmayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasining ramziy terma jamoasi quyidagicha ko'rinish oldi, albatta bu mening qarashim.

Darvozabon: Eldor Suyunov
Himoyachilar: Vitaliy Denisov, SHerzod Azamov, Rustam Ashurmatov, SHuhrat Muhamadiev
Yarim himoyachilar: Javlon Ibrohimov, Sardor Mirzaev, Sardor Sobirxo'jaev, Aziz G'aniev (jarohat sabab)
Hujumchilar: Temurxo'ja Abduxoliqov, Igor Sergeev.



Reyting: -38   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика