So’nggi yangiliklar

17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  0 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  2 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  12

Osiyo Kubogi. Suriya - Falastin. O'yindan oldingi matbuot anjumani Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Suriya - Falastin. O'yindan oldingi matbuot anjumani

Bugun "B" guruhida 1-tur bahslariga start beriladi.

SHarja shahridagi "SHarja Stedium"da Suriya va Falastin terma jamoalari o'zaro bahs olib boradi. O'yindan oldin tashkil qilingan matbuot anjumanida har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirok etishdi.

"Mashg'ulotlarga o'zgacha kayfiyatda yondoshdik, musobaqaga alo darajada tayyorgarlik ko'rdik. Suriyaga qarshi o'yinimiz bilan nafaqat Osiyo, balki jahon etiborini o'zimizga qaratishni xohlaymiz", - deydi Falastin bosh murabbiyi Nuriddin Ould Ali.

Hozirda bu jamoani jazoirlik murabbiy boshqarmoqda. 46 yoshli murabbiyning aytishicha, guruh favoritlari Avstraliya bilan Suriya. "Ha, biz dastlabki uchrashuvni favoritlardan biriga qarshi o'tkazamiz. Lekin bundan sarosimaga tushayotganimiz yo'q. Musobaqaga tayyorgarlikni Qatarda olib bordik va hammasi yaxshi kechdi. Suriya termasida kuchli futbolchilar ko'p, biroq biz ham qarab turmaymiz va jamoa sifatida natija ko'rsatishga harakat qilamiz".


Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Bernd SHtangening fikrlari quyidagicha bo'ldi:

"Biz juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Safimizda bitta jarohat olgan futbolchi bor: Firas Al Xatib. Qolgan o'yinchilar soppa-sog' va o'yinga tayyor. Jamoamizdan hali hech kim biz bu erga chempion bo'lish uchun keldik degani yo'q. CHunki musobaqada yaxshi jamoalar ko'p va hamma bilan o'yin og'ir kechadi. Qolaversa, bu musobaqada jahon chempionatida qatnashgan jamoalar bor. Ko'proq shulardan ehtiyot bo'lish kerak".

"2007 yilgi Osiyo Kubogida Iroq terma jamoasi chempionlikni qo'lga kiritib, futbolda hamma narsaning iloji borligini ko'rsatib bergandi. Balki bu musobaqa Suriyaga atalgan bo'lishi mumkin. Futbolda oldindan katta gapirmaslik kerak, lekin maqsad sari sekin-asta harakat qilish lozim deb o'ylayman".

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика