So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Osiyo Kubogi prevyusi. 1/4 final. BAA - Avstraliya Yangiliklar

Osiyo Kubogi prevyusi. 1/4 final. BAA - Avstraliya

Bugun Osiyo Kubogining chorak finalidan o'rin olgan yana ikkita uchrashuv bo'lib o'tadi.

Osiyo Kubogining eng so'nggi yarim finalchisi Al Ayn shahridagi "Xazza bin Zayd" stadionida o'tadigan bahsdan so'ng malum bo'ladi. Mezbon BAA amaldagi chempion Avstraliya bilan to'qnash keladi. Ko'pchilik mazkur bahsda yashil qita vakillarining imkoniyatini baland hisoblamoqda, biroq mezbonlar o'z uyida o'ynashini unutmaslik kerak.


BAA
Ochilish o'yinida Bahrayn bilan qiyin uchrashuv o'tkazib yakunda 1:1 hisobidagi durangga erishgan BAA keyingi turda Hindistonni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Guruhdagi so'nggi o'yinda Tailand bilan durang (1:1) mezbonlarni 1-o'rinni olishlariga etarli bo'ldi. 1/8 finalda Zakkeroni shogirdlari Qirg'iziston bilan to'qnash kelishdi. Qiziqarli o'tgan uchrashuv qo'shimcha taymlarga qadar davom etdi. Yakunda BAA 3:2 hisobida zafar quchib chorak finalga chiqdi.


AVSTRALIYA
2015 yilgi Osiyo Kubogi sohibi BAAdagi musobaqani Iordaniyadan uchralgan mag'lubiyat (0:1) bilan boshladi. Ammo keyin Falastin (3:0) va Suriya (3:2) mag'lub etildi. Guruhda ikkinchi o'rinni olib nimchorak finalda O'zbekiston bilan o'ynagan Avstraliya penaltilar seriyasidagina g'alaba qozondi.


O'yindan oldingi fikrlar
Alberto Zakkeroni (BAA bosh murabbiyi): "Avstraliyaga qarshi o'ynayotgan istalgan jamoa raqib Osiyo Kubogini qo'lga kiritishga asosiy davogar ekanini biladi. Har bir murabbiy o'z futbolchilaridan kelib chiqib taktika tanlaydi. Iordaniya va O'zbekiston asosiy himoyani o'ylashdi va qarshi hujumda o'ynashdi. Biz esa ko'proq hujumga asoslangan o'yin namoyish etamiz. Stadionga ko'plab muxlislar kelishini kutamiz va yarim finalga chiqishga umid qilamiz".  

Grem Arnold (Avstraliya bosh murabbiyi): "O'zbekiston bilan o'tgan o'yindan keyin yigitlar o'zlariga kelib olishdi. 120 daqiqa va penaltilar seriyasidan so'ng futbolchilar to'liq tiklanishdi. O'yin uchun tarkibni odatda bir kun oldin tunda elon qilardim, ammo hozir vaziyat boshqacha. Asosiy tarkibni o'yin bo'ladigan kun tongda malum qilaman. O'zbekiston ko'proq Evropa uslubida o'ynadi. BAA esa Suriya va Falastinga yaqinroq o'ynaydi. BAAni hurmat qilamiz. To'la stadion BAAga ikki xil tasir qilishi mumkin: ularni oldinga chorlashi yoki bosim ostida qoldirishi".


Osiyo Kubogi-2019. 1/4 final
25 yanvar. Al Ayn. "Xazza bin Zayd" stadioni

BAA - Avstraliya
Boshlanish vaqti: 21:00 (Toshkent vaqti).

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика