So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  2 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Osiyo Kubogi prevyusi. 1/2 final. Eron - Yaponiya Yangiliklar

Osiyo Kubogi prevyusi. 1/2 final. Eron - Yaponiya

Bugun Osiyo Kubogida dastlabki yarim final bahsi o'tkaziladi.

Al Ayn shahridagi "Hazza bin Zayed" stadionida Eron va Yaponiya milliy terma jamoalari o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.

Eron
Musobaqada beshta o'yin o'tkazgan Eron shundan to'rttasida zafar quchdi va bir bor durang qayd etdi. Forslar guruh o'yinlarida Yamanni 5:0, Vetnamni 2:0 hisobida mag'lub etishdi va Iroq bilan 0:0 o'ynashdi. Guruh bosqichida gol o'tkazmagan Eron keyingi ikkita bosqichda ham shu ananasini davom ettirdi. Xususan 1/8 finalda Ummon 2:0 hisobida dog'da qoldirilgan bo'lsa, 1/4 finalda Xitoy 3:0 hisobida mag'lub etildi. O'tkazilgan beshta o'yinda Eronning to'plar nisbati 12-0. Eron ushbu musobaqada hali gol o'tkazgani yo'q.

Yaponiya
Yaponiya terma jamoasi hali yutqazgani ham, durang qayd etgani ham yo'q. Bu jamoa qatorasiga beshta uchrashuvda zafar quchdi. "Samuraylar" guruh bosqichida Turkmanistonni 3:2, Ummonni 1:0 va O'zbekiston terma jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etishdi. Nimchorak finalda Saudiya Arabistoni va chorak finalda Vetnam ustidan bir xil 1:0 hisobida g'alabaga erishildi. Yaponiyaning to'plar nisbati 8:3. Ko'rib turganingizdek, bugun ikkita kuchli jamoa to'qnash keladi va o'yindan keyin kimdir Osiyo Kubogini tark etadi.

Eronda yo'qotish
Bugungi bahsni Eron terma jamoasining asosiy futbolchisi Mehdi Taremi sariq kartochkalari tufayli o'tkazib yuboradi. Musobaqada uchta gol urgan futbolchi o'rniga bugun Vohid Amiri maydonga tushishi kutilmoqda.

Yapon hujumchisi bahsga tayyor
Avvalgi uchrashuvni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborgan yaponiyalik hujumchi Yoshinori Muto bugungi o'yinda ishtirok eta oladi. "Nyukasl" hujumchisi bellashuvga tayyor.

Alirizo Beyranvand
Osiyo Kubogining "Eng yaxshi darvozaboni" bo'lishga asosiy davogar Alirizo Beyranvand terma jamoa safida oxirgi 20ta o'yinida faqat 4ta gol o'tkazdi. U 17 uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlay oldi. Unga faqat Portugaliya, Ispaniya va Suriya terma jamoalari to'p kirita olgan.

Xajime Moriyasu
Yaponiya bosh murabbiyi Xajime Moriyasu Osiyo Kubogi tarixida o'z jamoasi bilan ketma-ket beshta o'yinda bitta to'p farqi bilan g'alaba qozongan ilk murabbiyga aylandi.

O'yindan oldingi fikrlar

Karlush Keyrush (Eron terma jamoasi bosh murabbiyi): "Bizni yana bir qiziqarli bahs kutib turibdi. Yaponiya maydonda ko'p ishlarni amalga oshira oladi. Ular juda tartibli o'yin namoyish etishadi. Lekin bu raqibdan qo'rqayotganimiz yo'q, chunki bizda ham kuchli jamoa bor. Imkon qadar ishonchli va hushyor o'ynashimiz kerak. Eng muhimi, Yaponiyaga to'pni nazorat qilishga bermasligimiz lozim".

Xajime Moriyasu (Yaponiya termasi bosh murabbiyi): "Musobaqaga kelganimizdayoq har bir o'yin oson o'tmasligini bilardik. Biz zo'r jamoa emasmiz, lekin o'yindan o'yinga kuchayib boryapmiz. Eronga qarshi shogirdlarimni tajovuzkor o'yin namoyishga etishga chaqirib qolaman. Faqat eng kuchli jihatlarimizni ko'rsatibgina raqibni mag'lub etishimiz mumkin".

Osiyo Kubogi-2019. 1/2 final

Eron - Yaponiya

28 yanvar. Al Ayn. "Hazza bin Zayed" stadioni
Boshlanish vaqti: 19:00 (Toshkent vaqti)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика