So’nggi yangiliklar

13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  2 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  0 13:05U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон Японияга қарши баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  4 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  1 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  0 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1

Osiyo Kubogi-2019. "A" guruhi murabbiylari Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. "A" guruhi murabbiylari

BAAda bo'lib o'tadigan navbatdagi Osiyo Kubogiga 40 kun qoldi.

Ushbu musobaqa murabbiylar uchun ham katta ahamiyatga ega bo'ladi. Quyida "A" guruhi jamoalarini boshqarayotgan murabbiylar haqida qisqacha malumot berib o'tamiz.

"A" guruhi - BAA, Tailand, Hindiston, Bahrayn.

Alberto Zakkeroni (BAA bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 1 aprel, 1953 y.

BAA terma jamoasini 65 yoshli Alberto Zakkeroni boshqarmoqda. Ushbu murabbiy qo'l ostida Yaponiya terma jamoasi 2011 yilgi Osiyo Kubogida zafar quchgan. Endilikda Zakkeroni BAA bilan ham shunday natijani takrorlashga urinib ko'radi.


Milovan Rayevac (Tailand bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 2 yanvar, 1954 y.

64 yoshli serbiyalik mutaxassis 2017 yilning aprel oyidan beri Tailand terma jamoasini boshqarib kelyapti. Bu yil ushbu murabbiy jamoani AFF (ASEAN futbol federaciyalari) chempionatida yarim finalga olib chiqdi.


Stefen Konstantin (Hindiston bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 16 oktyabr, 1962 y.

Hindiston terma jamoasini qita birinchiligiga angliyalik mutaxassis tayyorlamoqda. 56 yoshli Konstantin 2002-2005 yillar oralig'ida ham hindlarni boshqargan.


Miroslav Soukop (Bahrayn bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 13 noyabr, 1965 y.

CHexiyalik Miroslav Soukop hozirda Bahrayn terma jamoasi ustozi hisoblanadi. U 2016 yilning iyun oyida jamoani qabul qilib olgandi. Bungacha esa Yaman terma jamoasiga ustozlik qilgan.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика