So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:2 (онлайн ҳисоб)  9 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Orzularini ro'yobga chiqara olgan bolakay Yangiliklar

Orzularini ro'yobga chiqara olgan bolakay

Teglar :  Odil Ahmedov
"Bugun futbol, ura, mazza qilib yuguraman, futbol zo'r-da.

Ishqilib yutaylik-da. Eh, oyoq kiyimim yo'q-ku.  Endi nima qilsam ekan? Bo'ldi, Sardordan so'rayman".
SHunday xayol bilan bolakay o'zidan ikki eshik narida turadigan qo'shnisining eshigini taqillatdi.

- Kim bu?
- Men... (uyalibigina), Sardor, butsangni berib tur...
- Oshna xafa bo'lma...

Ko'ngil cho'kdi, lekin tan berish yo'q. Mayli, butsa bo'lmasa bo'lmabdi. Kalish bor-ku. Muhimi, maydonga tushsam bo'lgani. O'yin boshlandi. Kichkinaga oshir to'pni, hammangdan yaxshi o'ynayapti. Tomoshabinlar katta futbolchilarga bolakayga to'pni oshirish kerakligini baqirib aytib turibdilar. To'p unga etkazib berildi, eh qo'pollik bilan yiqitishdi uni: penalti! Jamoa sardori Botirboy zarb bilan g'alaba to'pini kiritdi. Hamma bolakayni quchoqlab olgandi.

- Ona, ona... Biz g'alaba qozondik. Ona tandirda issiq non yopardi, kel o'g'lim, mana senga sovrin. Onaning qo'li bilan yopilgan issiq nonga etadigan nemat bormi bu dunyoda, agar undan muqaddas zotning tafti kelib tursa!

- Ota, ona men ketaman!
- Qaerga o'g'lim?
- Toshkenga!
Ota aytdi: - U erda nima qilasan, yuribsan-ku shu erda?
- Yo'q, men Mirjalol Qosimov bilan futbol o'ynayman!




Ota va ona duo qildi. Bolakay 12 yoshida begona shaharga keldi. Hech kimi yo'q, ikki nafar do'sti. Hali biron klubga joylashib ham olmagan. Qiyinchilik boshlandi. Bazan o'yladi, ketib yuborsammikin qishlog'imga. Yo'q, men hali yulduz bo'laman deb ovutdi o'zini. Bir mahal zalga kurashchilar kirib keldi, hey bolalar turinglar, biz mashg'ulot o'tkazamiz. Bolakay sport zalida yotardi. Endi uyqu kelgandi-ya, ha mayli, chidaymiz. Do'stlarini turg'azib mashg'ulotga ketdi.

Ko'p o'tmadi, bolakayni o'qishga qabul qilishdi. Endi binoda o'zining yotog'i bor. Ammo, ammo yaxshi o'yin ko'rsatay desa butsa hamon yo'q. 25 noyabr, bolakayning tug'ilgan kuni. Qishloqdan ota-onasi keldi. "O'g'lim, bu senga", ona yap-yangi oyoq kiyimni bolasiga berdi. Bolakaydan xursand inson yo'q edi. Eh, keyin bilsa ona so'nggi zebini sotib unga butsa olib bergan ekan. Niyat qildi, ortga qadam yo'q, men uchun faqat oila!

Bolakay sal katta bo'la boshlagach tilga tushdi. Ammo aqcha yo'q, biron-bir jamoada o'ynay desa pul berish kerak. "Sen bizga to'g'ri kelmading", aynan shunday gapni aytadi parovoz haydovchisi. Niyat qiladi, "Ey, Ollohim, menga sabr ber, imkon ber, Vatanga sodiq farzand bo'lishga vada beraman!". Ko'p o'tmadi, unga Respublikaning eng kuchli jamoasi og'iz soldi. Buyog'i tavakkal, axir o'zi emasmi Qosimov bilan o'ynayman deb uydan chiqib ketgan? Lekin u borganida Qosimov ketib bo'lgandi. Ammo bolakayning atrofida milliy terma jamoaning boshqa yulduzlari mashg'ulot o'tkazardi. "Hali ham o'rinbosarlar safida yuribsanmi?", kulib ketdi bir kun qo'shni shahar jamoasida debyut mavsumini o'tkazayotgan do'sti. Qirqqa chidagan, qirq biriga ham chidash kerak. Buyuk klub 50 yoshga to'lgan kecha yulduzlar safida stadionda edi. Bu o'yinda hamma bor etiborni Sasha akaga qaratdi. Geynrix yulduz edi. Oradan yillar o'tdi... Sasha aka Suriya terma jamoasiga gol urdi va to'g'ridan-to'g'ri efirda TVga shunday intervyu berdi, "Odil aka probil, Sasha aka zabil"!

O'sha bolakay kuni kecha Xitoy chempionatida bosh sovrinni yutdi, ayni paytda oila davrasida, vada berganidek, ota-onasi uchun barcha narsani muhayyo qildi va bugun bor etiborini Osiyo Kubogiga qaratyapti. Tug'ilgan kuning bilan, Odil!


Hayotiy hikoya!

Nodirxo'ja Yuldashevning TELEGRAMdagi kanalini kuzatib boring.

Reyting: +73   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика