25 fev 2019 10:30

OCHL-2019. "Lokomotiv" raqibi Slaven Bilichni ishdan bo'shatdi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi bosh murabbiyi Slaven Bilich istefoga chiqarildi.

Bunga "Al Ittihod"ning qoniqarsiz natijalari sabab bo'ldi. Jidda klubi Saudiya Arabistoni ligasida 21ta turdan so'ng 15 ochko to'plab 16ta jamoa orasida 15-o'rinda bormoqda.

Bilichning o'rniga chililik mutaxassis Xose Luis Serra bosh murabbiy etib tayinlandi. Ushbu murabbiy 2016-2018 yillarda ham "Al Ittihod"ni boshqargan edi.

Malumot uchun, Slaven Bilich 2018 yil 27 sentyabrdan 2019 yil 24 fevralga qadar bu klubni boshqardi.  

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" klubi OCHL-2019 guruh bosqichida "Al Ittihod" bilan kurash olib boradi.


Bu xabar bilan bo'lishing:
  -1 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика