So’nggi yangiliklar

12:46"Челси" Симонс билан музокараларда олдинга силжиди  0 12:25Баҳром Ҳайдаров: "Имкон қадар 10таликдан ўрин эгаллашга ҳаракат қиламиз"  0 11:54"Интер" асосий футболчиси "Реал" диққат марказида  0 11:26Виталий Денисов: "Файзуллаев топ-5 лигадаги клубга ўтади деб умид қилгандим"  7 10:53"Насаф" сардори легионерга айланишга яқин  13 10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  1 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  7 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  12 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  2 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  2 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  2 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  1

"Neftchi": So'nggi daqiqalar jamoalarimizga omadli keldi Yangiliklar

"Neftchi": So'nggi daqiqalar jamoalarimizga omadli keldi

Qishning chillali kunlarda Farg'ona viloyatida o'tkazilayotgan “Hokim kubogi-2019” xalqaro musobaqasi o'zining ayni qizg'in pallasiga kirib bormoqda.

Ushbu turnirda ishtirok etayotgan “Neftchi” va “Neftchi U-18” jamoalari guruh bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlab chorak finali yo'llanmasini qo'lga kiritgan edilar.

Bugun har ikkala jamoamiz chorak final uchrashuvlari doirasida Qirgulidagi “Neftchi” SK o'yingohida boshqa guruhlardagi ushbu yo'llanmani qo'lga kiritgan raqiblariga qarshi uchrashuv o'tkazdilar.  

Dastlab Baxrom Haydarov murabbiyligidagi asosiy jamoamiz “Neftchi” shahrimizning yana bir vakili “FarDu” jamoasiga qarshi maydonga tushdilar. Baxs bir o'yindan iborat ekanligini inobatga olgan xolda xar ikkala jamoa extiyotkorlik bilan o'yin olib bordilar. SHu sababli uchrashuvning asosiy daqiqalarida darvozalarga to'p kiritilmadi. Xakam tomonidan asosiy vaqtning qo'shib berilgan 90+2-daqiqasida SHodiyor Xojimatov “FarDU” darvozasiga gol kiritib uchrashuv masalasini xal qilib berdi!

“Xokim kubogi-2019” chorak finali.

“Neftchi” – “FarDU”  1:0    
Gol: 
SHodiyor Xojimatov 90+2

Kunning ikkinchi yarmida jamoamiz muxlislari yana bir qiziqarli baxsga guvox bo'ldilar.

Ushbu bosqich doirasida Qirgulidagi “Neftchi” SK o'yingoxida SHerzod Zokirov boshchiligidagi “Neftchi U-18” jamoasi Andijon viloyatining “Uz Tong Xo” jamoasiga qarshi maydonga tushdilar.

Ushbu baxs xam deyarli birinchi uchrashuvdagi senariylar asosida o'tdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Uchrashuv davomida xar ikkala jamoada xam gol urish uchun ko'plab imkoniyatlar bo'lgan bo'lsada, xal qiluvchi gol xakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtda kiritildi. Bu uchrashuvda xam o'yinning asosiy vaqti tugab, xakam tomonidan qo'shib berilgan 90+2 daqiqasida “Neftchi U-18” jamoasi xujumchisi Dilshod Umrzakov qanotdan uzatib berilgan to'pni andijonliklar darvozasiga joylab qo'ydi va jamoasiga navbatdagi bosqich yo'llanmasini olib berdi!

 “Xokim kubogi-2019” chorak finali.

“Neftchi U-18” – “Uz Tong Xo”  1:0    
Gol
: Dilshod Umrzakov  90+2

SHunday qilib bugungi kunning va bugungi uchrashuvlarning so'nggi daqiqalar jamoalarimizga omadli keldi!
Endi xar ikkala jamoalarimiz ertaga yarim final baxslari doirasida maydonga tushadilar. “Neftchi” jamoasi Samarqandning “SHerdor” jamoasiga qarshi baxs olib borsa,  “Neftchi U-18” jamoasi esa “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi maydonga tushadilar.


“Xokim kubogi-2019”

Yarim final uchrashuvlari.

8-fevral. Soat 10:30 da “Neftchi” SK stadioni
“Neftchi” – “SHerdor”

8-fevral. Soat 13:30 da “Neftchi” SK stadioni
“Neftchi U-18” - “Qo'qon-1912”


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика