Naynggolan "Roma"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin
29 noy 2018 12:42
Yangiliklar


Naynggolan "Roma"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin
"Inter" bosh murabbiyi Luchano Spalletti "Tottenxem"ga qarshi bahsda jarohat olgan Raja Naynggolan holati haqida malumot berdi.
"Roma"ga qarshi bahsda Raja ishtirok etmasa kerak. Unda yana mushak muammolari paydo bo'ldi. O'yin payti u yugurishga qiynaldi.
Buni avvalroq payqaganimda, Rajani almashtirgan bo'lardim. Uni maydonga tushirib xato qildim, ammo bahsdan oldin tibbiy xodim va futbolchi bilan suhbatlashdim, hammasi joyida edi" - deydi Spalletti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar