So’nggi yangiliklar

00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  0 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  1 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  2 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   35 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  9 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  7 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  26 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0

"Navbahor" va "Paxtakor" nishonidagi futbolchi kimni tanlaydi? Yangiliklar

"Navbahor" va "Paxtakor" nishonidagi futbolchi kimni tanlaydi?

Superliganing barcha uchrashuvlarida to'liq o'ynagan yagona futbolchining xizmatlariga "Navbahor" va "Paxtakor" jiddiy qiziqmoqda, deya xabar bermoqda saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov.

Joriy mavsumda "Qo'qon-1912" jamoasi darvozasini ishonchli qo'riqlagan O'tkir Yusupovning qo'qonliklar bilan tuzgan shartnomasi yil oxirida tugaydi. "Mashal" tarbiyalanuvchisi hisoblangan O'tkir Yusupov oldida ayni paytda uchta variant paydo bo'lgan. Garchi shartnoma yakuniga etgan bo'lsada, "Qo'qon-1912" klubi Yusupovni jamoada olib qolmoqchi va o'rtadagi bitimni uzaytirish payida. Yusupov oldida esa bundan tashqari "Paxtakor" va "Navbahor" jamoalaridan takliflar tushgan.

Futbolchi ayni paytda kelgusi rejalari haqida bosh qotirmayapti. Ko'p narsa yil so'nggida malum bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, O'tkir Yusupov O'zbekiston terma jamoasining Turkiya yig'iniga ketadigan ro'yxatiga kiritilgan va posbon ayni paytda Osiyo Kubogiga boradigan tarkibga kirish uchun kurashmoqda.

O'tkir Yusupov joriy mavsumda Superligadagi barcha o'yinlarda to'liq o'ynagan yagona futbolchi. Yusupov Superligada 32 o'yinda maydonga tushdi va o'z darvozasidan 28 marotaba to'p olib chiqdi. Mazkur uchrashuvlardan 9 tasida kiper o'z darvozasini quruq saqlashga erishdi.



Qayd etish kerakki, "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanalgan O'tkir Yusupov bunga qadar "Nasaf", "Neftchi" hamda "Qo'qon-1912" jamoalari sharafini himoya qilgan.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика