So’nggi yangiliklar

19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  15 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  28 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  7 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 2:1 (матнли трансляция)  7 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

“Nasaf” yangi futbolchilarini tanishtirdi Yangiliklar

“Nasaf” yangi futbolchilarini tanishtirdi

Teglar :  Nasaf
Bugun Mulla To'ychi Toshmuhammedov nomidagi Qashqadaryo viloyat akademik drama teatrida “Nasaf” jamoasiga tantanali ravishda Superliga-2023 kumush medallari topshirildi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov so'zga chiqib, viloyat ahlini o'tgan mavsumda jamoa tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar bilan tabrikladi hamda jamoa oldidagi maqsad va vazifalarni bajarish uchun viloyat rahbariyati har qanday yordamni ayamasligini takidlab o'tdi.

So'ngra klub prezidenti, “SHo'rtan gaz-kimyo majmuasi” bosh direktori SHuhrat Aslanov so'zga chiqib, “Nasaf” futbol klubi o'tgan mavsumda katta hajmdagi ishni amalga oshirganini va jamoa bu bilan to'xtab qolmasligini qayd etdi. Klub prezidenti jamoaning shu darajaga etishi uchun xizmat qilgan barcha ishchi-xodimlar, muxlislar, viloyat rahbariyati va “O'zbekneftgaz” akciyadorlik jamiyatiga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

Jamoa nomidan so'zga chiqqan bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev yil davomida “Nasaf”ni qo'llab-quvvatlagan barchaga o'z minnatdorchiligini bildirib o'tdi va yangi mavsumda jamoa oldiga qo'yilayotgan maqsad yo'lida birlashib, viloyatimiz ahli uzoq kutgan chempionlik uchun kurashishga vada berdi.

SHundan so'ng jamoaga yangi kelib qo'shilgan Viktor Da Silva, Zoran Marushich, Temur CHogadze, Igor Golban, Islom Kenjaboev, SHarof Muhitdinov, Bobir Abdixoliqov va Zafar Safarevlar muxlislarga tanishtirildi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика