So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

"Nasaf" Hamrobekovning transferidan 2,5 milliard oladi va 20% ulushni saqlab qoladi Yangiliklar

"Nasaf" Hamrobekovning transferidan 2,5 milliard oladi va 20% ulushni saqlab qoladi

"Nasaf" hamda "Paxtakor" amalga oshirgan Odiljon Hamrobekovning transferiga oid batafsil malumotlar haqida saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov o'zining telegram kanalida yozib o'tdi.

"Menimcha, Xamrobekovning transferidan har uchala tomon yutdi. Nega?

Birinchidan, «Paxtakor» uchun yaxshi xarid. Kelajagi porloq, yuqori salohiyatga ega futbolchini qӯlga kiritdi. Ayniqsa Arveladzening o'yin uslubiga to'la mos tushadigan tayanch yarim himoyachi. Hamrobekov Arveladzega keng tanlovga imkoniyat yaratadi.

Ikkinchidan, futbolchi uchun xam yangi chorlov. OCHLda yana o'z kuchini sinaydi, yuqori tempdagi o'yinlarda yanada «pishadi». «Paxtakor» orqali xorijga, kuchliroq tarafga «sakrash» imkoniyati oshadi. Futbolchi uchun yana bir muxim jihat, sovrindor bo'lish, chempionlik uchun kurashadi. Yaxshi motivaciya.

Hamrobekov buyog'iga yanada ӯsishi kerakligini tushunib turibdi. Futbolchi uchun «Nasaf»da yo'qolgan rakobat «Paxtakor»da «qaynaydi».

Uchinchidan, «Nasaf»! Hamrobekovni katta futbolga olib kirgan va istedodini yuzaga chiqarishda katta rol ӯynagan jamoa. Hamrobekov klub tarbiyalanuvchisi sifatida jamoa uchun yaxshigina xizmat qildi. SHartnomasi tugashiga bir yil qolgan futbolchini 2,5 milliardga sotish albatta aqlli qaror. Yaxshi transfer.

«Nasaf»ning bu kelishuvdagi qilgan ajoyib ishi — futbolchining keyingi transferidan 20% ulushni alohida kӯrsatgani. Yani, «Paxtakor» keyinchalik Odilni sotish orqali qanchadir mablag'ga ega bo'lsa, o'sha transferdan 20% tushim avtomatik tarzda «Nasaf» hisob-raqamiga o'tkaziladi. Demak o'z-o'zidan futbolchining keyingi transferidan «Nasaf» ham manfaatdor.

Yaxshi va professional transfer!

«Nasaf» kecha «Paxtakor»ning rasmiy taklifiga rozilik bildirdi va bugun mazkur transfer hujjatlari rasmiylashtiriladi. «Paxtakor» esa OCHL zayavkasi uchun bugungi dedlaynga ulgurishi kerak.

«Nasaf»da Hamrobekov nuqtasida SHarof Muhitdinov bemalol o'ynab ketadi. Potenciali juda yuqori. Kelasi transfer bozorlarida aynan SHarof Muhitdinov trendga chiqadi, ishonavering :-)"


SHahboz Beg'amov - "Telegram" kanal"Instagram"

Reyting: +58   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика