So’nggi yangiliklar

22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  1 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  1 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  51 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  4 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  33 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  16 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  20 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  3 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  5

"Nasaf" - "Al Ayn". Birinchi uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanladi Yangiliklar

"Nasaf" - "Al Ayn". Birinchi uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanladi

Teglar :  NasafAl Ayn
OCHL pley-off bosqichidan o'rin olgan "Nasaf" - "Al Ayn" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

OFK CHempionlar ligasi. 1/8 final

14-fevral, chorshanba

Qarshi. Markaziy stadion

NASAF (O'ZBEKISTON) – AL AYN (BAA) 0:0 

Bosh hakam: Adham Muhammad Tumah Mahadmeh (Iordaniya)

Yordamchi hakamlar: Muhammad Mustafo Hassan Al Kalaf (Iordaniya), Ahmad Moannes Nadi Alroalle (ikkalasi Iordaniya)

Zaxira hakami: Mohanad Qosim Eesee Sarray (Iroq)

VAR: Abdulla Ali Al Marri (Qatar)

AVAR: Muhammad Ahmad Muhammad (Qatar)

Nazoratchi: Kvon Jong CHul (Koreya Respublikasi)

Komissar: Ali Jebril (Falastin)

Mahalliy media oficer: Kamoliddin Abdullaev

Mahalliy bosh koordinator: Akmal Rahmatov.

"Nasaf":  35. Abduvohid Nematov, 5. G'olib G'aybullaev, 6. Murodbek Rahmatov, 22. Igor Golban, 28. SHuhrat Muhammadiev, 7. Akmal Mozgovoy, 9. Javohir Sidiqov (88. Marko Stanoevich,63), 30. Temur CHogadze ( 20. Viktor Da Silva, 63), 77. Oybek Bozorov, 14. SHarof Muhitdinov (34. SHerzod Nasrullaev,54), 97. Bobir Abdixoliqov

Zaxira: 91. Zafar Safaev, 13. Adhamjon Musulmonov, 2. Alibek Davronov,  44. SHahzod Akramov,21. Doniyorjon Narzullaev, 70. Jaba Jigauri,  45. Zoran Marushich

"Al Ayn": 17. Xolid Eysa, 3. Kuame Kuadio, 16. Xolid Muhammad Alxoshmi, 40. Xolid Al Blushi ( 8. Muhammad Abbas Alblushi,73), 5. Park Yong Vo, 6. Yaxyo Nodir, 11. Bandar Muhammad, 21. Sofion Rahimi, 42. Jonatas, 70. Abdul Karim Traore, 9. Kojo Laba

Zaxira: 1. Muhammad Busanda, 12. Sultan Abdulla, 66. Mansur Said, 22. Falah Volid, 13. Ahmad Barman, 30. Hazim Muhammad, 90. Eysa Xalfan

Ogohlantirish: Javohir Sidiqov ("Nasaf") 10, Igor Golban ("Nasaf") 13, Xolid Al Blushi ("Al Ayn") 18, Akmal Mozgovoy ("Nasaf") 45, Kuame Kuadio ("Al Ayn") 81, Marko Stanoevich ("Nasaf") 85

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. 

90+5. "Al Ayn"dan keskin hujum. Abduvohid Nematov bor vujudi bilan to'pga chiqib qaytarishga erishdi. 

90+3. ZARBAAAA. Labaning zarbasi xavfli ko'rinish oldi. 

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

85. OGOHLANTIRISH. "Nasaf", Marko Stanoevich

84. O'ZGARISH. "Nasaf", SHuhrat Muhammadiev o'rniga SHahzod Akramov, Oybek Bozorov o'rniga Zoran Marushich tushdi. 

83. "Nasaf"dan hujumlar yomg'iri. Lekin raqib ham qarshi hujumda payt poylamoqda. Rahmatovning zarbasini Eysa qaytardi. 

81. OGOHLANTIRISH. "Al Ayn", Kuame Kuadio

78. Bugungi bellashuvga 15186 nafar muxlis tashrif buyurdi. 

73. O'ZGARISH. "Al Ayn", Xolid Al Blushi o'rniga Muhammad Abbas Alblushi tushdi. 

64. O'ZGARISH. "Nasaf", Javohir Sidiqov o'rniga Marko Stanoevich, Temur CHogadze o'rniga Viktor Da Silva tushdi. 

63. Ro'ziqul Berdiev zaxiradan qo'shimcha "olov purakagich"larini tushirmoqda. 

58. "Al Ayn" jarima maydonchasi ichida "Nasaf" keskinlik yuzaga keltira oldi. Ammo gol yo'q. 

54. O'ZGARISH. "Nasaf", SHarof Muhitdinov o'rniga SHerzod Nasrullaev maydonga tushdi. 

49. ZARBAA. Kojo Labaning zarbasi noaniq chiqdi. 

46. "Nasaf" ikkinchi bo'limni yuqori pressing bilan boshladi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45+2. "Al Ayn"dan qarshi hujum. Golban va Nematov xavfni birgalikda qaytarishdi. 

45+2. ZARBAAAAAA. Sofion Rahimining amalga oshirgan jarima zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

45. OGOHLANTIRISH. Akmal Mozgovoy, "Nasaf" 

45. "Al Ayn" juda xavfli nuqtada jarima zarbasiga ega bo'ldi. 

42. ZARBAAAAAAAA. Oybek Bozorovning zarbasini darvozabon qaytardi. 

40. "Nasaf" hujumda faollikni oshirdi. 

37. Bu vaziyatda o'yindan tashqari holat borligini ham aytib o'tish joiz. 

36. ZARBAAAAAAAAAAAAA. Bobir Abdixoliqov o'zi hujumni boshladi. SHarof Muhitdinovning ajoyib pasini bo'sh darvozaga yo'llay olmadi. 

35. Statistika: Burchak zarbalari: 4/2

32. "Al Ayn" so'nggi daqiqalarda bosimni oshirdi va xavfli vaziyat yaratdi.

 

27. ZARBA. Sidiqovning zarbasi Xoshimiga tegib yo'nalishini o'zgartirdi. Mezbonlarda yana burchak to'pi. 

24. 8 yil oldin "Nasaf" tarkibida "Al Ayn"ga qarshi Saydullo Rahmatov maydonga tushgan edi. Bugun tarkibda yana bir Rahmatov to'p tepmoqda. U Murodbek Rahmatov. 

22. "Nasaf"da burchak zarbasi. Ammo yakun samarasiz. 

21. Statistika: To'p nazorati 47 - 53%

21. Hozircha jamoalar darvozalarga aniq zarba yo'llashgani yo'q. 

19. So'nggi daqiqalar kurashga boy o'tmoqda. Hakamlar 3 marotaba cho'natigidan sariq kartochka olishga majbur bo'lishdi. 

18. OGOHLANTIRISH. "Al Ayn",Xolid Al Blushi

13. OGOHLANTIRISH. "Nasaf", Igor Golban 

12. ZARBA. Akmal Mozgovoyning zarbasi darvozaga juda sekin bordi.

10. OGOHLANTIRISH. "Nasaf", Javohir Sidiqov

9. "Al Ayn" to'pni nazorat qilmoqda. "Nasaf" hozircha imkoniyat bermayapti.

5. Mezbonlarda ketma-ket burchak zarbalari. Lekin samarasiz. 

4. "Nasaf" hujum uyushtirdi. SHarof Muhitdinovning jarima maydonchasi ichiga uzatib bergan to'pini raqib himoyachilari qaytardi. 

2. "Nasaf" himoyachisi Igor Golban raqibning xavfli hujumini bartaraf etdi. 

1. Malumot uchun jamoalar shu kungacha faqat 2 marotaba to'qnash kelishgan. 2016 yil Qarshida kechgan o'yinda 1:1, BAAdagi uchrashuvda "Al Ayn" 2:0 hisobida g'alaba qozongan.

O'yinga start berildi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Xalqaro maydonda O'zbekiston sharafini himoya qiladigan "Nasaf"ga omad tilab qolamiz. 

- Uchrashuv 19:00da boshlanadi. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика