MYU Sulsherning sobiq klubiga qancha pul to'laydi?
19 dek 2018 17:37
Yangiliklar


MYU Sulsherning sobiq klubiga qancha pul to'laydi?
Bir necha soat oldin "Manchester Yunayted" rasmiy saytida Ule-Gunnar Sulsher jamoani vaqtincha boshqaradigan murabbiy sifatida elon qilindi.
Norvegiyalik bungacha "Molde" murabbiyi sifatida ishlayotgan edi. Mutaxassis va klub o'rtasidagi bitimda tovon pullari ko'rsatib o'tilgan.
Malumotlarga ko'ra, Norvegiya klubi Sulsherni qo'yib yuborgani uchun MYUdan 2 mln. evro oladi. Agar "Manchester Yunayted" mutaxassis bilan to'laqonli shartnoma imzolasa, bu Norvegiya klubiga 9 mln. evro daromad keltiradi.
Sulsher 1996-2007 yillarda MYU sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar