So’nggi yangiliklar

18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  2 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4

Mukofot muborak! Yangiliklar

Mukofot muborak!

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni samarali amalga oshirish hamda respublikamizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi va Navoiy shahri alohida o'ringa ega.

Mustaqillik yillarida «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi dunyoning ilg'or kon-metallurgiya sanoati kompaniyalari qatoridan munosib o'rin egallab, mintaqadagi eng yirik va ishonchli sanoat gigantlaridan biriga aylandi. 

Kuni kecha Navoiy kon-metallurgiya kombinati va Navoiy shahri tashkil etilganining 60 yil to'ldi.

Ana shu sana munosabati bilan mamlakatimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, kon-metallurgiya sanoatini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, murakkab ish va iqlim sharoitlarida er osti boyliklarini samarali o'zlashtirish, tarmoqning barqaror ishlashini taminlash, yangi sanoat korxonalarini tashkil etish borasidagi ulkan xizmatlari, millatlararo do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, Navoiy shahrining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taminlashga qo'shgan salmoqli hissasi uchun bir guruh yurtdoshlarimiz Prezidentimiz farmoniga ko'ra faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.

Ular orasida«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi, “Qizilqum” professional futbol klubi prezidenti Isroil Kurbanovich  Rahmatov ham bor. Klubimiz rahbari Yurtboshimizning farmoniga ko'ra, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Yuksak mukofot muborak bo'lsin, Isroil Kurbanovich!

“Qizilqum” PFK jamoasi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика