"Manchester Siti" Gvardiolaga o'rinbosar topib qo'ydi
21 iyu 18:54
Yangiliklar


"Manchester Siti" Gvardiolaga o'rinbosar topib qo'ydi
Pep Gvardiola "Manchester Siti"dan ketgan taqdirda Sesk Fabregas uning o'rnini egallashi mumkin.
Bu haqda jurnalist Stiv Key xabar bermoqda. Jurnalistning yozishicha, ingliz klubi 38 yoshli mutaxassisning taktik qarashlaridan hayratda qolgan va u Pepning o'rnini egallay olishini taxmin qilishgan.
Gvardiolaning "shaharliklar" bilan kelishuvi 2027 yil yoziga qadar davom etadi.
Fabregas "Komo"ni boshqarib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda "Komo" A Seriya turnir jadvalida 10-o'rinda qayd etildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar