So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

"Lokomotiv" Italiyaning "Roma" klubi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda Yangiliklar

"Lokomotiv" Italiyaning "Roma" klubi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda

Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Lokomotiv" futbol klubi o'z oldiga yuqori o'rinlarni qo'yish bilan birga har tomonlama etakchi bo'lish maqsadida o'z infratuzilmasi, akademiya, marketing va stadionda muxlislarga qulaylik yaratish bo'yicha ham ishlar olib bormoqda.

Kuni kecha "Lokomotiv" PFK bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov Italiyaning "Roma" klubi bosh direktori Mauro Baldissoni taklifiga binoan klub ofisiga tashrif buyurdi. Bu uchrashuvdan asosiy maqsad ayni damda "Roma" futbol akademiyasiga rahbarlik qilayotgan Franchesko Totti va yaqin kunlarda qurilishi boshlanadigan “Lokomotiv” futbol akademiyasi o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish, shu bilan birga “Loko” safida etishib chiqayotgan yosh, istedodli futbolchilarni malaka oshirish uchun Rimga yuborish, murabbiylar uchun dasturlar va amaliy qo'llanmalarni taqdim etish, marketing sohasini rivojlantirish, italiyaliklar tajribasini O'zbekistonda qo'llash hisoblanadi. 

Uchrashuv davomida To'labek Akramov avvalo o'zbek futboli erishayotgan yutuqlar, Professional futbol ligasi tomonidan amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar hamda “Lokomotiv” jamoasi haqida malumot berdi. Rimliklar bosh direktori Mauro Baldissoni va klubning rivojlanish strategiyasi bo'yicha direktori Aleks Zekka “Roma” futbol klubi, akademiya, muxlislar bilan ishlash, marketing sohalari haqida malumot berib o'tishdi. 

Baldissoni italiyaliklar Xitoyda va AQSHda qurilgan "Roma" futbol akademiyalari to'g'risida fikr yuritib, O'zbekistonda "Lokomotiv" bilan hamkorlikda ishlash taklifi judayam foydali ekanligi hamda O'rta Osiyo futbol bozoriga anchadan beri qizaqayotganini takidlab o'tdi. 

"Roma" bosh direktori hamkorlikning dastlabki bosqichida “temiryo'lchilar” murabbiylari va bir nechta istedodli futbolchilarni malaka oshirish uchun Italiyaga taklif etdi. SHu bilan birga xalqaro homiylarni jalb etish, ular bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish borasida o'z takliflarini berdi. 

O'zaro suhbatdan so'ng To'labek Akramovga "Roma" futbol klubi uy stadioni, klub bazasi, rasmiy do'konlar faoliyati tanishtirildi. Judayam samarali o'tgan uchrashuvda tomonlar klublar o'rtasida alohida strategiya bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yishga kelishib oldilar. 

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика