Bu haqda prezident Martin Peles "La Nueva España" gazetasiga bergan intervyusida aytdi.
"Santi shunchaki futbolchi emas, u klubning ruhi. Biz uning tanlovini hurmat bilan kutdik. Hozir buni rasman malum qilsak bo'ladi: u biz bilan".
Kasorla 195 ming evro oladi. Bu – La Ligada futbolchi topadigan minimal maosh. Santi umuman pulga muhtoj emas – u tekin o'ynashga ham tayyor.