So’nggi yangiliklar

23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  0 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  5 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  7 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  4 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1

Karlush Keyrush keskin tanqidga uchradi Yangiliklar

Karlush Keyrush keskin tanqidga uchradi

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi qattiq tanqid qilindi.

Keyrush o'z intervyusida Osiyo Kubogidagi maqsad haqida gapirib, bunda portugaliyalik murabbiy kuchli to'rtlikdan joy olsak, biz uchun katta voqea degandi.

Keyrushning aytishicha, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreya yarim finalga yo'l oladi. Uchinchi jamoa bo'lish esa Eron, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, O'zbekiston va Xitoydan biriga nasib etadi.

Uning bu gapi bir paytlar Eron terma jamoasida o'zini ko'rsatgan Xodadad Aziziga yoqmadi va portugaliyalik mutaxassisni keskin tanqid qildi:

"Janob Keyrush, bizlar ahmoq odamlar emasmiz. Osiyo Kubogida kuchli to'rtlikka kirish bu sizning maqsadingiz, bizning emas. 1996 yilgi Osiyo Kubogida biz hech qanday o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmasdan uchinchi o'rinni olgandik. O'shanda Eron musobaqaning eng yaxshi jamoasi bo'lish bilan birga Feyr pley sovrinini ham olgan. Ali Dayi esa eng yaxshi to'purar bo'lgandi".

"Lekin siz hozir kuchli to'rtlik haqida gapiryapsiz. Siz 8 yildirki shu jamoani boshqaryapsiz va dunyoning eng ko'p maosh oladigan murabbiylaridan biri hisoblanasiz. Bizga Osiyo Kubogiga borib chempion bo'lib qaytadigan murabbiy kerak".

Eslatib o'tamiz, 47 yoshli Xodadad Azizi 1996 yilgi Osiyo Kubogida terma jamoa hujumchisi bo'lgan. Keyinchalik aynan uning Avstraliyaga urgan goli tufayli Eron Franciyada o'tkazilgan jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика