So’nggi yangiliklar

18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  5 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  1 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  3 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  2 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  0 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  18 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  12 14:57"Андижон" "Насаф" вакилининг ҳақорати юзасидан муносабат билдирди: клуб ПФЛдан чора кутмоқда  21 14:42"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи  3 14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  35 14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  11 13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  7

Jurnalistlar turnirida MTRK g'olib bo'ldi Yangiliklar

Jurnalistlar turnirida MTRK g'olib bo'ldi

Teglar :  MTRK
O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan O'zbekiston matbuot va axborot agentligining mamlakat futbol associaciyasi bilan hamkorlikda jurnalistlar va nashriyot xodimlari o'rtasida o'tkazgan mini-futbol musobaqasi nihoyasiga etdi.

O'zbekiston futbol associaciyasining suniy maydonida 1-5 dekabr kunlari bo'lib o'tgan bahslarda jami 24 ta jamoa ishtirok etdi.

Dastlab jamoalar  6 ta guruhga bo'lingan bahslarni o'tkazdi. Guruh g'oliblari va eng yaxshi natija qayd etgan ikkita ikkinchi o'rin sohiblari, jami 8 jamoa chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

CHorak va yarim finaldan keyin turnirning bosh sovriniga davogarlik qilgan jamoalar nomi malum bo'ldi.

Uchinchi o'rin uchun kechgan o'yinda «SHarq» nashriyoti va «Xalq so'zi» gazetasi tahririyati vakillari maydonga tushishdi. Murosasiz bahsda gazetachilar g'alaba qozondi.

«Xalq so'zi» — «SHarq» — 2:0



Musobaqaning finalida O'zbekiton Milliy teleradiokompaniyasining «MTRK» hamda «Zoʻr TV» jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib borishdi. Qiziqarli  kechgan uchrashuvda «MTRK» jamoasi 2:0 hisobida ustun keldi.

«MTRK» – «Zoʻr TV» – 2:0

Musobaqaning taqdirlash marosimida O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori o'rinbosari O'ktam Hamroev va O'zbekiston futbol associaciyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullaev sovrindor jamoalarga oltin, kumush va bronza medallari, diplom va sovg'alarni topshirishdi. SHuningdek, g'olib jamoaga o'n million so'm, sovrindorlarga esa sakkiz va olti million so'mdan pul mukofotlari berildi. Musobaqa kubogini «MTRK» jamoasi qabul qilib oldi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика