So’nggi yangiliklar

15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  2 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  4 14:57"Андижон" "Насаф" вакилининг ҳақорати юзасидан муносабат билдирди: клуб ПФЛдан чора кутмоқда  16 14:42"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи  0 14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  35 14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  10 13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  7 13:18Абдувоҳид Неъматов: "Бундай катта ўйинда VAR йўқлиги бироз ноқулайлик туғдирди"  3 13:04107 километрлик ланъат ёхуд "Динамо" - "Насаф" учрашувига нега КТС келмади?   50 12:52БУМ! Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади  25 12:37"Динамо" – "Насаф" учрашувида пенальти бормиди? Экспертимиз жавоб беради  15 12:18Акмал Мозговой: "Фаолиятимда янги саҳифани очишга қарор қилдим"  9 12:07Расман: "Сўғдиёна" сербиялик ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 11:51Мексика терма жамоаси КОНКАКАФ Олтин Кубоги финалида АҚШни мағлуб этди  1 11:29"Фенербахче" "Ал Насср" ҳужумчисини ижарага олди  4

Jota va gullar Yangiliklar

Jota va gullar

"Liverpul" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Diogo Jotaning bevaqt o'limi futbol olamini larzaga soldi.

Kechadan beri tarmoqlarda shu gap. Jotaning avtohalokatga uchrab vafot etganini yozmagan nashr, sayt va kanal qolmadi. Voqea joyidan suratlar, video ham berildi. "Liverpul" uy uchrashuvlarini o'tkazadigan "Enfild" stadionida Jota xotirasi uchun kichik hudud takshil qilinib, bu erga hamon gulchambarlar qo'yish davom etmoqda.

Jota hali yosh edi, endigina 28ni qarshi olgandi. Garchi uch nafar farzandi bor bo'lsa-da, nikoh to'yini o'tkazganiga atigi 11 kun bo'lgandi. Nimayam derdik, bu taqdir. Jotani yod olib ayniqsa muxlislar jonbozlik ko'rsatayotgani hech kimni befarq qoldirmayapti. Angliyada muxlislik o'zgacha, 30-40 yil oldingi "xuliganlik" davri o'tdi-ketdi. Endi u erda yuqori darajali madaniyat hukm surmoqda.

Jotani xotirlab "Enfild" tomon muxlislar kelishi davom etmoqda. Hatto "Liverpul"ning ashaddiy raqibi "Everton" muxlisi ham kelib gul qo'yib ketgani tarmoqlarda alohida yoritildi. O'sha odamga "Respect" deyishdi. Ko'ryapmizki, futbol o'z yo'liga, qarama-qarshilik o'z yo'liga, lekin inson qadri, tirik bo'lsa hurmati, vafot etsa xotirasi asosiy o'rinda ekan.

Angliyada madaniyat yuqori tus olgan. Ular olamdan o'tganlarni tez-tez xotirlab turishadi. Muxlislar bir-birlariga iliq munosabatda bo'ladilar. Vafot etgan futbol kishisi nomini tribuna, ko'chalar va boshqa joylarga berishadi. Inglizlar shu orqali futbol orqali nom qozongan mashhur nomni abadiylashtirish harakatida bo'ladilar.

Jotaga bo'layotgan hurmat, taziya izhor qilish, uning xotirasini yod olish maqsadida stadionga gullar qo'yib ketilayotgani bejiz emas. Bu inson qadri va xotirasi hamma narsadan ustun ekanini bildiradi. Bu o'zaro hurmatning yuksak darajasini namoyon etadi. Aslida shunday bo'lishi ham kerak. Chunki dunyoda Insondan aziz zot yo'q.

Pul, mashina, uy, mansab - bular Inson qadri oldida hech narsa emas. Odam baribir odamga suyanadi va doimo shunday bo'lib qoladi. Jahondagi holatni ko'rib turibmiz, qaerda futbol o'ynalyapti, qaerda urush ketyapti. Odamlar bir-biriga o'q otib halok bo'lyapti. Futbol esa shunchaki sport turi emas, xalqlarni birlashtiruvchi ming bir yo'ldan bittasi bo'lib qolishi kerak.

Chet davlatlarga ko'p borganmiz, chetga chiqqanda Vatan sog'inchi yanada ko'proq bilinadi. Vatan nima ekanini chetga chiqib his qila boshlaysiz. Siz faqat o'yin payti raqib muxlislari bilan "dushman" bo'lasiz, lekin o'yindan oldin va keyin ular bilan yaxshi munosabatda bo'lgingiz keladi. Chunki ular ham bizga o'xshagan odam. Xorijliklar ham bizga kelganda shuni his qiladi.

Afsuski, bizda mehr kamayib ketgandek. Atrofimizga befarq bo'lib qolganmiz. Kimgadir yordam qo'lini cho'zishdan oldin "etti o'lchab bir kesamiz", menga keyinchalik nafi tegramikan deb o'ylanib qolamiz. Olamdan o'tganlar xotirasi tez unut bo'ladi. Yana odatdagidek ishga va hayot tashvishlariga sho'ng'ib ketamiz. Hamma o'zi bilan o'zi ovora bo'lib qoladi.

Lekin dunyoda yaxshi odamlar bor ekan, inson vafot etsa xotirlash, hayotligida ezozlash aslo "o'lmaydi". Shunday ekan, biz ham o'z yaqinlarimizni to hayot ekan holidan xabar olib, xabar olishga imkon bo'lmasa, birov yo'qlab qo'yish, vafot etganida xotirasini yod etish birlamchi ekanini unutmaylik. Axir bu olamda barchamiz omonatmiz. 

X.Xoliqov

Reyting: +5   

Fikrlar

+6   
05 iyu 15:12:24
FC_Pakhtakor
Бита спортчига бутун дунё кайгуда лекин газода улаётган минглаб мусулмонлари базилари эсдамайди.
+4   
05 iyu 15:28:10
MENTAL!ST
Abdulbosit Maxmudov foydalanuvchining fikriga javob berish
Dunyo Va oxirat ortasidegi xaqiqitni qaraginki bir mominni wafot etib. Janoza oqib manziliga kuzatamiz uni ozi yashab turgan joydegilarni bazisi keladi Lekin hudoni tan olme yashagan bir sportchiga shuncha taziya subhanalloh
Kimdir Jotani e'zozlasa bu — Allohni unutdi deganimi? Yoki sizningcha g'ayridin odamni e'zozlab bo'lmaydimi? Umuman muallif hozir Jota o'lgani uchun uning nomiga duo o'qibdimi? Muallif yoki saytning qaysidir a'zosi Jota nomiga Qur'on tilovat tushiribdimi? Sizga maslahatim, fahm-farosatli bo'ling. Jota musulmonmi, yevreymi, yoki vashshe ateistmi, eng avvalo, bu uning o'zining ishi, siz odamlarni diniga qarab, ayniqsa, vafot etgan odamlarning diniga qarab xulosa qilmang. Eng avvalo insoniylik yo'qolmasin, odam ajratishlar, kamsitishlar, aynan, shunaqa sizga o'xshab odam ajratadigan odamlar sabab urushlar paydo bo'ladi. Odam ajratmasangiz urushlar ham bo'lmaydi, demak, birinchi o'rinda insoniylik turishi kerak.
+1   
05 iyu 18:08:37
Haqiqat-2
MENTAL!ST foydalanuvchining fikriga javob berish

Juda to'g'ri fikr! Siz ham odam ajratmay Messi va Ronalduni teng ko'rganizda saytdagi Ronalduchular bilan urushib o'tirmas ediz... Avvalo, insoniylik bo'lish kerak... mi)))
+1   
05 iyu 15:28:09
Tulkin Alimov
Агар Ливерпул клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида иштирок этганида, эҳтимол, йўллар бошқача бўлармиди, тақдир ҳам бошқача йўлни танлармиди. Аммо барча нарса Оллоҳнинг иродаси билан бўладида.
+1   
05 iyu 15:17:07
Otabek
Abdulbosit Maxmudov foydalanuvchining fikriga javob berish
Dunyo Va oxirat ortasidegi xaqiqitni qaraginki bir mominni wafot etib. Janoza oqib manziliga kuzatamiz uni ozi yashab turgan joydegilarni bazisi keladi Lekin hudoni tan olme yashagan bir sportchiga shuncha taziya subhanalloh
Салоҳ аврия бўлиб ўлса, Жўтадан хам кўпроқ одам ғам чекади ва хамдардлик қилмайди деб ўйлайсизми.
+1   
05 iyu 15:12:13
Usoma bin Fayyoz
Muhlislik öz yöligan,odamgarchılık boshqa
   
06 iyu 00:01:33
MENTAL!ST
Haqiqat-2 foydalanuvchining fikriga javob berish
Тел номерингни бер Санда гапим бор эди
@mentalist_uz telegram yozing.
   
06 iyu 00:01:02
MENTAL!ST
Haqiqat-2 foydalanuvchining fikriga javob berish
Укиб чикдим бир амаллаб ёзганингни ва Роналду хам узига хос тарих яратди. Иккисини солиштиришга келсак, Месси охирги йилларда Роналдудан утиб кетди, бу ЖЧ чемпионлиги эвазига!
Ronaldu Jahon Chempioni bo'lgan taqdirda ham Messi bilan tenglasha olmaydi. Ronaldu individaul jihatdan hech qachon Pele, Messi va Maradonaga yeta olmaydi. Lekin, Ronalduning erishgan yutuqlariga havas qilsa arziydi, buni men har qachon aytganman.
   
05 iyu 23:55:08
Haqiqat-2
MENTAL!ST foydalanuvchining fikriga javob berish
Gapimning xulasosi oddiy: avval gapni tushunib, keyin mavzuga qo'shiling. xD
Андижонлик эдингга.
   
05 iyu 23:54:39
Haqiqat-2
MENTAL!ST foydalanuvchining fikriga javob berish
Gapimning xulasosi oddiy: avval gapni tushunib, keyin mavzuga qo'shiling. xD
Тел номерингни бер Санда гапим бор эди
   
05 iyu 23:52:37
MENTAL!ST
Haqiqat-2 foydalanuvchining fikriga javob berish
Топдинг, лекин аклинг бутун сани. Кейин лотинчага хушим йук, шунга сани асарингни укимадим ва хулосасига куз ташладим холос() ()
Gapimning xulasosi oddiy: avval gapni tushunib, keyin mavzuga qo'shiling. xD
   
05 iyu 23:52:18
Haqiqat-2
MENTAL!ST foydalanuvchining fikriga javob berish
Aynan shu fint yo'qligi uchun Lutfilloni misol qilib keltirdim. xD Lekin, siz mana endi mavzuga tushunyapsiz. Demak, bugun bilib oldingiz biz "INSONIYLIK" haqida yozishgapmiz, "insoniylik" jihatdan men hech qachon Messi yoki Ronalduni bir-biridan ustun qo'ymayman, men uchun Lukaku ham, Messi ham, Ronaldu va hatto Tekefusa Kubo ham bir xil, garchi, ular nasroniy bo'lishsa ham, buddist bo'lishsa ham, qisiq ko'zu, bittasi negr bo'lsa ham. Agar kimdir o'lib qolsa, kelib olib turib din haqida uzun leksiya o'qimayman ular haqida. Men ularning faqat futboli haqida gapirishga harakat qilaman. Futboldagi daraja esa, o'zingiz bilganingizdek, Messi Ronaldudan ancha yuqorida. Bo'lmasa, Ronaldu 17 marta termasida o'ynagan musoboqalarning birortasida qaysidir turnirning "eng yaxshi o'yinchisi" bo'lardi? Lekin bo'lmagan, to'g'rimi? Endi eshiting, Pele ham, Maradona ham, Messi ham milliy termalarida "eng yaxshi o'yinchi" bo'lishgan ular yutgan va yutkazgan turnirlarda. Lekin, Ronalduda unaqa narsa yo'q, hatto, u to'purar bo'lgan musoboqalarda ham. Bu esa Ronalduning Pele, Maradona va Messi kabi indovidual mahoratiga soya soladigan faktor. Men shunaqa hisoblayman. Agar asosli qarshi fikringiz bo'lsa yozishingiz mumkin. Lekin, siz "to'g'risi, o'qishga erindim" deb javob qaytarasiz xolos. xD
Укиб чикдим бир амаллаб ёзганингни ва Роналду хам узига хос тарих яратди. Иккисини солиштиришга келсак, Месси охирги йилларда Роналдудан утиб кетди, бу ЖЧ чемпионлиги эвазига!
   
05 iyu 23:48:27
Haqiqat-2
MENTAL!ST foydalanuvchining fikriga javob berish
Aynan shu fint yo'qligi uchun Lutfilloni misol qilib keltirdim. xD Lekin, siz mana endi mavzuga tushunyapsiz. Demak, bugun bilib oldingiz biz "INSONIYLIK" haqida yozishgapmiz, "insoniylik" jihatdan men hech qachon Messi yoki Ronalduni bir-biridan ustun qo'ymayman, men uchun Lukaku ham, Messi ham, Ronaldu va hatto Tekefusa Kubo ham bir xil, garchi, ular nasroniy bo'lishsa ham, buddist bo'lishsa ham, qisiq ko'zu, bittasi negr bo'lsa ham. Agar kimdir o'lib qolsa, kelib olib turib din haqida uzun leksiya o'qimayman ular haqida. Men ularning faqat futboli haqida gapirishga harakat qilaman. Futboldagi daraja esa, o'zingiz bilganingizdek, Messi Ronaldudan ancha yuqorida. Bo'lmasa, Ronaldu 17 marta termasida o'ynagan musoboqalarning birortasida qaysidir turnirning "eng yaxshi o'yinchisi" bo'lardi? Lekin bo'lmagan, to'g'rimi? Endi eshiting, Pele ham, Maradona ham, Messi ham milliy termalarida "eng yaxshi o'yinchi" bo'lishgan ular yutgan va yutkazgan turnirlarda. Lekin, Ronalduda unaqa narsa yo'q, hatto, u to'purar bo'lgan musoboqalarda ham. Bu esa Ronalduning Pele, Maradona va Messi kabi indovidual mahoratiga soya soladigan faktor. Men shunaqa hisoblayman. Agar asosli qarshi fikringiz bo'lsa yozishingiz mumkin. Lekin, siz "to'g'risi, o'qishga erindim" deb javob qaytarasiz xolos. xD
Топдинг, лекин аклинг бутун сани. Кейин лотинчага хушим йук, шунга сани асарингни укимадим ва хулосасига куз ташладим холос() ()
   
05 iyu 23:41:42
MENTAL!ST
Haqiqat-2 foydalanuvchining fikriga javob berish
Ие келиб-келиб Лутфуллони факт киласанми манга, ахир ундаги финт Неймарда хам йукку))) футболдаги даражани деб доим уришиб, гап талашиб кайф киламан дегин?!
Aynan shu fint yo'qligi uchun Lutfilloni misol qilib keltirdim. xD Lekin, siz mana endi mavzuga tushunyapsiz. Demak, bugun bilib oldingiz biz "INSONIYLIK" haqida yozishgapmiz, "insoniylik" jihatdan men hech qachon Messi yoki Ronalduni bir-biridan ustun qo'ymayman, men uchun Lukaku ham, Messi ham, Ronaldu va hatto Tekefusa Kubo ham bir xil, garchi, ular nasroniy bo'lishsa ham, buddist bo'lishsa ham, qisiq ko'zu, bittasi negr bo'lsa ham. Agar kimdir o'lib qolsa, kelib olib turib din haqida uzun leksiya o'qimayman ular haqida. Men ularning faqat futboli haqida gapirishga harakat qilaman. Futboldagi daraja esa, o'zingiz bilganingizdek, Messi Ronaldudan ancha yuqorida. Bo'lmasa, Ronaldu 17 marta termasida o'ynagan musoboqalarning birortasida qaysidir turnirning "eng yaxshi o'yinchisi" bo'lardi? Lekin bo'lmagan, to'g'rimi? Endi eshiting, Pele ham, Maradona ham, Messi ham milliy termalarida "eng yaxshi o'yinchi" bo'lishgan ular yutgan va yutkazgan turnirlarda. Lekin, Ronalduda unaqa narsa yo'q, hatto, u to'purar bo'lgan musoboqalarda ham. Bu esa Ronalduning Pele, Maradona va Messi kabi indovidual mahoratiga soya soladigan faktor. Men shunaqa hisoblayman. Agar asosli qarshi fikringiz bo'lsa yozishingiz mumkin. Lekin, siz "to'g'risi, o'qishga erindim" deb javob qaytarasiz xolos. xD
   
05 iyu 23:21:54
Haqiqat-2
MENTAL!ST foydalanuvchining fikriga javob berish
Messi va Ronalduni insoniy tomondan men teng ko'raman, ularni men g'ayridin deb hech qachon ajratmayman. Lekin futboldagi darajada hech qachon hamma futbolchi teng bo'lmaydi. Biz hozir futboldagi daraja haqida emas, insoniylik haqida gapiryapmiz. Sizning gapingiz bilan o'lchasak, u holda bizdagi Lutfulla To'rayev futbolchimiz Messi va Ronalduga teng bo'lib qoladi. Kulgili emasmi bu? Shuning uchun avval gapni tushunib oling. ))
Ие келиб-келиб Лутфуллони факт киласанми манга, ахир ундаги финт Неймарда хам йукку))) футболдаги даражани деб доим уришиб, гап талашиб кайф киламан дегин?!
championat.asia
Яндекс.Метрика