Ikkinchi davradan vodiydagi o'yinlar PFL sotib olgan yangi kameralarda translyaciya qilinadi
26 iyu 17:31
Yangiliklar


Ikkinchi davradan vodiydagi o'yinlar PFL sotib olgan yangi kameralarda translyaciya qilinadi
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, ikkinchi davradan etiboran katta ehtimol bilan vodiydagi Superliga o'yinlari PFL xarid qilgan kameralar yordamida teletranslyaciya qilinadi.
Ayni vaqtda professional kameralar soni 4 ta bo'lib, tez orada 2 ta yana kamera etib keladi.
PFL, shuningdek, O'zbekistondagi mavjud bo'lgan 4 ta VAR texnikasining (3 tasi O'zFHMda va 1 tasi Termizda) har biriga 2 tadan umumiy 8 ta kamera sotib olgan. Mazkur kameralar mavsum davomida VAR texnikasi bilan yonma-yon yuradi. Shundan kelib chiqilsa, tez orada vodiydagi futbol uchrashuvlari umumiy hisobda 8 ta kamera orqali efirga chiqarilishi mumkin. Bunga qadar MTRK aksar o'yinlar uchun 4 ta kamera jalb qilayotgandi.
Shuningdek, ayni vaqtda Urganchdagi stadionga ham VAR texnikasi o'rnatilgan bo'lib, PFL uning yoniga ham qo'shimcha 2 ta kamera sotib oladi.
Malumot uchun, Qarshi va G'uzordagi futbol uchrashuvlari "Nasaf" futbol klubiga tegishli kameralar yordamida teletranslyaciya qilinadi. "Nasaf" va PFL o'zaro hamkorlikda MTRK uchun tayyor signal taqdim etib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar