So’nggi yangiliklar

15:17"Ман Сити" Родрига "Реал" қизиқиш билдираётганидан хавотирда  0 14:50"Челси" ёзда Вейгани сотиб юборишга тайёр  0 13:38"Интер" 30 млн евролик футболчини харид қилмоқчи  0 12:55"Ливерпул"нинг италиялик ҳимоячига бўлган қизиқиши ортиб бормоқда  2 12:23Пеллегрини фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 11:55Ливерпуль клуби Грилишнинг ижараси бўйича музокараларни давом эттирмоқда  3 11:21Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  12 10:53Расмус Хойлунд фаолиятини Италияда давом эттиришга яқин  5 10:24Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги режалари ҳақида фикр билдирди  0 09:54Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этишлари керак"  7 09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  2 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  12 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  1 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  3 07:45Ўртоқлик ўйини. "Палермо" - "Манчестер Сити" 0:3  0

“Iftixor” o'z maydonida “SHerdor”ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi (to'liq sharh) Yangiliklar

“Iftixor” o'z maydonida “SHerdor”ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi (to'liq sharh)

Teglar :  IftixorSHerdor
PRO-liganing 27-turida “Iftixor” jamoasi o'z maydonida “SHerdor” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv mezbonlarning hujumlari bilan boshlandi. Dastlabki daqiqalardanoq xavfli vaziyat yarata olgan mezbonlar imkoniyatdan foydalana olishmadi. Ushbu vaziyatda “Iftixor” futbolchisi tomonidan yo'llangan zarba darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi. Uchrashuvning 5-daqiqasida hisob ochildi. Qarshi hujumda qulay imkoniyatga chiqib borgan mehmonlar futbolchisi Muhammadjon Rajabov tezkor gol kiritib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Goldan so'ng mezbonlar hujumkorlikni yanada oshirishdi. “Iftixor” futbolchilari tomonidan tashkil etilgan ketma-ket hujumlar naf keltirmagan bo'lsa, aksincha mehmon jamoa futbolchilari qarshi hujumlarda yapatilgan vaziyatdan foydalanib, yana gol urishga muvaffaq bo'ldilar. “SHerdor”ning 77-raqamli futbolchisi Maradona Safarov navbatdagi gol muallifi, hisob 0:2. Birinchi bo'lim yakunida, aniqrog'i 44-daqiqada yana o'sha Maradona Safarov uzoq masofadan kuchli zarba yo'llab, mezbonlar darvozabonini ojiz qoldirdi 0:3. Birinchi bo'lim shu hisob bilan yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'limda maydon egalari hujumkorlikni oshirdilar. Ketma-ket hujumlar tashkil etgan mezbonlar uchrashuvning 51-daqiqasida raqib jarima maydoni yaqinida jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'ldilar. Belgilangan jarima to'pini mezbonlar futbolchisi Umid Matmusaev ijro etdi, uning zarbasi bir oz noaniq ko'rinish hosil qildi. Ikkinchi bo'im yakunlanib borayotgan bir pallada mehmon jamoa futbolchilari hisobni yanada yiriklashtirishdi. Navbatdagi gol muallifi ham yana o'sha Maradona Safarov bo'ldi 0:4. Uchrashuvning 87-daqiqasida mehmonlarning 14-raqamli futbolchisi Otabek Xamroqulov mezbonlar darvozasini yana bir ishg'ol etdi 0:5. “Iftixor” va “SHerdor” jamoalari o'rtasidagi ushbu uchrashuv 0:5 hisobida mehmonlaring g'alabasi bilan yakunlandi.            

PRO-liga
27-tur
“Iftixor” – “SHerdor” – 0:5 (0:3)  
Hakamlar:
Davronbek Akmalov, Xusan Xudayberdiev, Abdullaxo'ja Saidov.
Zahiradagi hakam: Ahror Rahmatov.
Nazoratchi – SH.Bozorov
Komissar – Zohirbek Akramxonov.
Gollar: Muxammadjon Rajabov 5, Maradona Safarov 33,44,85, Otabek Xamroqulov 87.
«Iftixor»: 16. Xurshid Muhammadov (30. Javohir Qurbonaliev, 89) 4. Asror Tilavoldiev, 6. Asadbek Mamurov,   10. Mamatov Alyorbek 7. Oyatullo Muhitdinov (20.Doniyorbek Ibroximov 84), 13. Umid Matmusaev 14. Muhiddin Yusupov, 17. Nurillo Mirzajonov, 23. SHoxruh Yuldashev (25. Ilhom Aliboev 46,  9. Asadbek Komilov 65 ), 77. Said Abdujabborov, 90. G'iyosjon Tursunov. Zaxira: 5.Yursunali Topvoldiev, 19. SHuhrat O'rinboev, 21.Nodirbek Yuldashev
«SHerdor»: 27. SHuhrat Murodov, 8. Muhammadjon Rajabov (28. Mirzo Ahmedov), 9. Abdulla Nabiev, 10. Iskandar Xolmirzaev , 17. Nurbek Olmasov, 18. G'olibjon Sariboev (99.Farhod Safarov),  19. Farzin Muxtorov (4.SHerbek SHukurov,), 20. Mirjalol Lokaev (14. Otabek Xamroqulov) 33. Bunyod Isroilov, 44. Asadbek Tolibov, 77. Maradona Safarov
Zaxira: 1. Farhod Rahmatov , 23. Muhiddin Ergashev.
Ogohlantirishlar: Saidjon Abdujabborov (19), Oyatulloxon Muhiddinov (30), Muhammadjon Rajabov (68).

Bekzod Tolibov tayyorladi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика