So’nggi yangiliklar

14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  5 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  5 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  4 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  12 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3

"SHerdor" "SHo'rtan" mehmoni bo'ladi Yangiliklar

"SHerdor" "SHo'rtan" mehmoni bo'ladi

Teglar :  SHo'rtanSHerdor
Xabaringiz bor, bu yildan etiboran O'zbekiston futbol Ligalarining nomlanishida sezilarli ravishda o'zgarishlar yuz berdi.

Jumladan eng yuqori va birinchi o'rinda bu - Superliga musobaqasi turadi. Undan keyin PRO-Liga o'yinlari joy olgan. O'tgan mavsumda PRO-Liga “V” (sharq va g'arb guruhlarga bo'lingan) deb yuritilgan turnirga rasman Birinchi Liga atamasi berildi. 

Superligadan o'rin olgan 14 jamoaning nomi deyarli hammaga birdek malum. O'zbekiston Professional futbol Ligasi tomonidan yaqinda PRO-Liga ishtirokchilari ham malum qilindi. Bular - “Dinamo” (Samarqand),  “Istiqlol” (Farg'ona), “Oq tepa” (Toshkent), “Neftchi” (Farg'ona), “SHo'rtan” (G'uzor), “Xorazm” (Urganch), “Turon” (Yaypan) va “Zomin” (Zomin).  Ko'rib turganingizdek, Superligadan keyingi pog'onada turuvchi PRO-Ligada “SHerdor” jamoasi yo'q. O'z-o'zidan malum bo'lyaptiki, katta ehtimol bilan bu yil “SHerdor” jamoasi Birinchi ligada qatnashadi.  

27 fevral kuni “SHo'rtan” bilan sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazish uchun  G'uzorga birinchi Liga vakili - “SHerdor” tashrif buyuradi. 

Mazkur uchrashuv G'uzordagi “Markaziy” stadionda soat 14:00 da boshlanadi. 

Barcha futbol muxlislarini ushbu o'yinni tomosha qilishga taklif etamiz.

“SHo'rtan” matbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика