

Jumladan eng yuqori va birinchi o'rinda bu - Superliga musobaqasi turadi. Undan keyin PRO-Liga o'yinlari joy olgan. O'tgan mavsumda PRO-Liga “V” (sharq va g'arb guruhlarga bo'lingan) deb yuritilgan turnirga rasman Birinchi Liga atamasi berildi.
Superligadan o'rin olgan 14 jamoaning nomi deyarli hammaga birdek ma'lum. O'zbekiston Professional futbol Ligasi tomonidan yaqinda PRO-Liga ishtirokchilari ham ma'lum qilindi. Bular - “Dinamo” (Samarqand), “Istiqlol” (Farg'ona), “Oq tepa” (Toshkent), “Neftchi” (Farg'ona), “Sho'rtan” (G'uzor), “Xorazm” (Urganch), “Turon” (Yaypan) va “Zomin” (Zomin). Ko'rib turganingizdek, Superligadan keyingi pog'onada turuvchi PRO-Ligada “Sherdor” jamoasi yo'q. O'z-o'zidan ma'lum bo'lyaptiki, katta ehtimol bilan bu yil “Sherdor” jamoasi Birinchi ligada qatnashadi.
27 fevral kuni “Sho'rtan” bilan sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazish uchun G'uzorga birinchi Liga vakili - “Sherdor” tashrif buyuradi.
Mazkur uchrashuv G'uzordagi “Markaziy” stadionda soat 14:00 da boshlanadi.
Barcha futbol muxlislarini ushbu o'yinni tomosha qilishga taklif etamiz.
“Sho'rtan” matbuot xizmati



