So’nggi yangiliklar

15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  0 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  1 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  15 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   3 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  9 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  8

"SHerdor" bosh murabbiyi Baxtiyor Sattorov: "Reglamentga zid ravishda avvaliga 1-liga, keyin 2-ligaga tushurib yuborildik" Yangiliklar

"SHerdor" bosh murabbiyi Baxtiyor Sattorov: "Reglamentga zid ravishda avvaliga 1-liga, keyin 2-ligaga tushurib yuborildik"

"SHerdor" bosh murabbiyi Baxtiyor Sattorov feysbukdagi sahifasida O'FA tomonidan klubga adolatsizlik ko'rsatilayotganini yozib qoldirdi.

"Bugungi yangilik hammasidan o'tib tushdi. 2 oy avval "SHerdor" FK PRO-ligadan reglamentga zid ravishda 1-ligaga tushurilgan edi. Endi 1-ligadan 2-ligaga ravona qilishdi. "SHerdor"ning O'zPFL oldida qarzdorligi yo'q. O'tgan yil uchun 100 million so'm badal pullari o'tqazilgan. 

"Endi yana 150 million berasizlar", deb turib olishdi. Agar biz 250 million to'lasak, unda nega 1-ligadamiz? "Zomin" qaysi Sport principi yoki reglamentga asosan qo'shildi? O'zPFL bunga qanday javob qaytaradi?

"SHerdor" FK halol o'yin tarafdori, shu kunga qadar hech qaysi bir kelishilgan o'yinlarda, totalizatorlarda ishtirok etmagan, ishtirok etmaydi ham. Balki shu sabab klubni PRO-ligadan 2-ligaga ravona qilgan bo'lishi ham mumkin katta ehtimol bilan.

Bu ham futbolni rivojlantirishdagi yana bir orqaga tashlangan qadam. O'zbek futboli sharhlovchi, jurnalist va blogerga qolgandan keyin yana nimani kutish mumkin. Samarqand futboli borgansari botqoqga botmoqda. Kim qutqaradi Samarqand futbolini? O'FA 1-vice prezidenti Ravshan Irmatov bunga qanday munosabat bildiradi?", - deb yozib qoldirdi Sattorov.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика