So’nggi yangiliklar

19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  1 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  2 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  11 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  19 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  34 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7

Hamrobekovning maktubi: "Qashqadaryo xalqiga rahmat" Yangiliklar

Hamrobekovning maktubi: "Qashqadaryo xalqiga rahmat"

"Nasaf"dan "Paxtakor"ga o'tgan yarim himoyachi Odiljon Hamrobekov o'zining instagramdagi sahifasi orqali sobiq klubi va muxlislar bilan iliq xayrlashdi.

"Assalomu alaykum "Nasaf" jamoasidagi yaqinlarim! Hammaga katta rahmat aytaman! Sizlar bilan birgalikda ajoyib damlarni o'tkazganman. Bundan faxrlanaman! Agarda "Nasaf" jamoasiga ozmi-ko'pmi yordam bergan bo'lsam, bundan juda xursandman. Qashqadaryo xalqiga rahmat! Yaxshi va yomon kunlarda qo'llab-quvvatlagan muxlislarga katta rahmat! Biz do'stona xayrlashsak, men bundan juda xursand bo'laman. "Nasaf" jamoasida ajoyib avlod, yangi yoshlar etishib chiqmoqda. "Nasaf"dagi aka-ukalarimga yangi boshlanajak mavsumda omad tilayman! Bu jamoadan qanday futbolchilar ketishdi. Lekin klub tanlagan yo'l va rahbariyat hamda murabbiylarning mehnati, jonkuyar muxlislar tufayli "Nasaf" ajoyib jamoa bo'lib qolaveradi. Men "Nasaf" futbol klubi tarbiyalanuvchisi bo'lganimdan faxrlanaman", - deb yozadi Odiljon Hamrobekov o'zining "Instagram"dagi sahifasida.

Malumot o'rnida: Hamrobekov 2013 yildan boshlab "Nasaf" jamoasining asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. Futbolchi "Nasaf" safida ichki chempionatda hozirga qadar 100 uchrashuvda maydonga tushgan va 2ta gol muallifiga aylangan.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" tarbiyalanuvchisi hisoblangan Odiljon Hamrobekovni "Paxtakor" kecha transfer qildi. Toshkentliklar futbolchining transferi uchun qarshiliklarga 2,5 milliard pul to'lashdi. SHuningdek, "Nasaf" Hamrobekovning keyingi ehtimoliy transferidan 20 ulushini saqlab qoldi. Agarda "Paxtakor" keyinchalik futbolchini sotadigan bo'lsa, unda o'sha mablag'ning 20% ulushi "Nasaf" g'aznasiga tushadi.

Reyting: +66   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика