So’nggi yangiliklar

17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  0 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  3 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  1 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  12 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1

Futzal. JCH-1996. Braziliya "trebl" qayd etdi Yangiliklar

Futzal. JCH-1996. Braziliya "trebl" qayd etdi

Futzal bo'yicha mundial tarixi haqidagi malumotlar bilan tanishtirib boramiz.

Futzal bo'yicha uchinchi jahon chempionatiga 1996 yilning 24 noyabr–8 dekabr kunlari Ispaniya mezbonlik qildi. Turnirda 6 qitadan 16 mamlakat qatnashdi. 

G'oliblik esa uchinchi bor Braziliyaga nasib etdi. CHarm to'p sehrgarlari bu safar ham raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmagan. Finalga brazillardan engilgan mezbonlar ikkinchi, Rossiya uchinchi, Ukraina terma jamoasi esa to'rtinchi o'rinni band etdi.

Musobaqada Osiyo sharafini Xitoy, Eron va Malayziya himoya qildi. Avvalgi turnirda o'z o'yini bilan lol qoldirib, turnir to'purari bo'lgan hamda jamoasining kuchli to'rtlikka kirishiga hissa qo'shgan eronlik Said Rajabi SHirozi ichki nizolar sabab terma jamoaning yakuniy ro'yxatidan tushirib qoldirildi. Oqibatda, Eron dastlabki bosqichdan ham o'ta olmadi.

Estako Arauxo boshchiligidagi Braziliya kubokni munosib himoya qila oldi. Individual ko'rkamlik va o'z ishidan ilhomlanish Braziliyani yana bir bor engilmas qurolga aylantirdi.Bu g'alabalarda ajoyib to'rtlik - Serjino, Manoel, Finino va Vanderning xissasi katta. Birinchi bosqichda Belgiya, Kuba va Eron terma jamoalariga hech qanday imkoniyat qoldirilmadi. Uch uchrashuvda 31ta gol urib, o'z darvozalaridan bor yo'g'i 5ta to'p olib chiqishdi. Ikkinchi bosqichda esa Urugvay va Gollandiya taslim etildi. Yarim finalda Rossiya 6:2 hisobida, finalda esa Ispaniya 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratildi. Hal qiluvchi o'yinda brazillar 15500 muxlis qarshisida mezbonlarni engishdi, "Qizil furiya" o'z uyida muxlislari ishonchini oqlay olmadi.

1-bosqich

"A" guruhi

18.00_24.11.96 Ispaniya — Misr 7:2
20.00_24.11.96 Avstraliya — Ukraina 2:11
18.00_26.11.96 Misr — Avstraliya 8:2
20.00_26.11.96 Ukraina — Ispaniya 1:4
18.00_28.11.96 Ukraina — Misr 10:3
20.00_28.11.96 Ispaniya — Avstraliya 7:0

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Ispaniya330018-99
Ukraina320122-96
Misr310213-193
Avstraliya30034-260


"B" guruhi

18.00_25.11.96 Argentina — Xitoy 2:1
20.00_25.11.96 Rossiya – Niderlandiya — 2:2
18.00_27.11.96 Rossiya – Argentina — 2:2
20.00_27.11.96 Niderlandiya — Xitoy 5:1
10.00_28.11.96 Niderlandiya — Argentina 6:3
12.00_28.11.96 Rossiya – Xitoy — 11:1  

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Niderlandiya321013-67
Rossiya312015-55
Argentina31117-94
Xitoy30033-180


"C" guruhi

18.00_24.11.96 AQSH — Urugvay 0:1
20.00_24.11.96 Italiya — Malayziya 10:1
18.00_26.11.96 Italiya — AQSH 4:2
20.00_26.11.96 Urugvay — Malayziya 4:1
10.00_28.11.96 Italiya — Urugvay 2:2
12.00_28.11.96 Malayziya — AQSH 2:10

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Italiya321016-57
Urugvay32107-37
AQSH310212-73
Malayziya30034-240


"D" guruhi

18.00_25.11.96 Eron — Kuba 7:1
20.00_25.11.96 Braziliya — Belgiya 5:2
18.00_27.11.96 Belgiya — Eron 5:2
20.00_27.11.96 Kuba — Braziliya 0:18
18.00_28.11.96 Braziliya — Eron 8:3
20.00_28.11.96 Belgiya — Kuba 6:3

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Braziliya330031-59
Belgiya320113-106
Eron310212-143
Kuba30034-310


2-bosqich

"A" guruhi

18.00_1.12.96 Italiya — Belgiya 4:1
20.00_1.12.96 Rossiya – Ispaniya — 0:2
18.00_2.12.96 Rossiya – Italiya — 3:0
20.00_2.12.96 Belgiya — Ispaniya 1:2
18.00_4.12.96 Rossiya – Belgiya — 6:2
20.00_4.12.96 Ispaniya — Italiya 4:1

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Ispaniya33008-29
Rossiya32019-46
Italiya31025-83
Belgiya30034-120


"B" guruhi

18.00_30.11.96 Niderlandiya — Ukraina 4:4
20.00_30.11.96 Braziliya — Urugvay 5:2
18.00_1.12.96 Urugvay — Niderlandiya 5:4
20.00_1.12.96 Ukraina — Braziliya 2:2
18.00_3.12.96 Ukraina — Urugvay 5:3
20.00_3.12.96 Niderlandiya — Braziliya 1:5

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Braziliya321012-57
Ukraina312011-95
Urugvay310210-143
Niderlandiya30129-141


Yarim final

Braziliya — Rossiya 6:2

Ispaniya — Ukraina 4:1

3-o'rin uchun

Rossiya — Ukraina 3:2

Final

Braziliya — Ispaniya 6:4
Gollar: Danilo (8,23), SHoko (16), Marsio (18), Vander (37), Manuel Tobias (39) — Pato (16), Serjino (21, avtogol), Visentin (26, 39).


"Final men uchun hayajonli bo'ldi, chunki biz mehmonda, Ispaniya terma jamoasi maydonida va deyarli 17 ming kishi qarshisida o'ynadik. Lekin g'alaba qozonishimizga amin edik: bizda eng yaxshi jamoa yig'ilgandi. Bir so'z bilan aytganda, mundialda bir qancha rekordlarni yangilagan benuqson jamoa edik", dedi Tobias.


O'tkazilgan joyi
: Ispaniya
O'tkazilgan shaharlar: 4 (Mursiya, Segovia, Kastellon de la Plana, Barselona)
O'tkazilgan sanasi: 24 noyabr - 8 dekabr, 1996 yil
Ishtirokchilar: 16 (6 qitadan)
Muxlislar tashrifi: 66900 (har o'yinga 1673)
Urilgan gollar: 290 (har o'yinga 7.25ta gol)
To'purar: Manuel Tobias (Braziliya, 14ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Manoel Tobias (Braziliya)
"Fair-Play" sovrini: Braziliya


Sovrindorlar
CHempion
- Braziliya
Ikkinchi o'rin - Ispaniya
Uchinchi o'rin - Rossiya
To'rtinchi o'rin - Ukraina

Futzal. Futbol bo'yicha Evropa chempionlari ishtirok etgan ilk jahon chempionati haqida hikoya qilamiz 

Futzal. JCH-1992. Pele tomosha qilgan hamda onasining qornida to'p tepishni boshlagan yalangoyoq bolakayning eng yaxshi o'yinchiga aylangani haqida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика