So’nggi yangiliklar

07:50Суперлига. Бугун 8-турга старт берилади  0 06:40Конференциялар лигаси. "Челси" сафарда "Юргорден" дарвозасига 4 та гол урди, "Бетис" эса "Фиорентина"ни мағлуб этди  3 06:30Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" сафарда "Атлетик" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Тоттенхем" эса "Буде-Глимт"ни мағлуб этди  33 02:10Конференциялар лигаси. "Челси" финал масаласини деярли ҳал қилди, "Бетис" "Фиорентина"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  3 02:03Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда йирик ғалабага эришди, "Тоттенхэм" ҳам учта гол билан зафар қучди  3 01:50АПЛ. ЕЧЛ учун курашаётган "Ноттингем Форест" ўз уйида мағлубиятга учради  2 01:11Холанд қайтди  0 00:15Ана холос! "Интер"нинг энг муҳим футболчиси "Барселона"га қарши ўйнамайди  15 23:44"Реал" Модрич ва Васкес билан шартномани узайтиради  3 23:13Гёкереш "Манчестер Юнайтед"га ўтадими? Рубен Аморим жавоб берди  1 22:50Сеск Фабрегас фаолиятидаги энг яхши мураббийи ким эканлигини айтди  1 22:11Габриэль Агбонлахор: "Ямал мени қўрқитмоқда"  4 21:57Ямалнинг ёшида Месси ва Роналдунинг статистикаси қандай эди?  15 21:35"Реал" Модрич ва Васкес билан шартномани узайтиради, аммо жуда қисқа муддатга  3 21:32Илёс Зейтуллаев "Ювентус"нинг ўрнига қаерга бориши мумкин бўлганини айтиб берди  7

ECHL. PSJ Londonda "Arsenal"ni taslim etdi Yangiliklar

ECHL. PSJ Londonda "Arsenal"ni taslim etdi

Teglar :  Arsenal PSJECHL
Evropa Chempionlar Ligasi yarim final bosqichi ilk uchrashuvi yakuniga etdi.

ECHL

1/2 final ilk o'yini

"Arsenal" – PSJ 0:1 

London. "Emireyts" stadioni. 00:00

Gollar: Usmon Dembele (Xvicha Kvaracxeliya) 4'

Arsenal: David Rayya – Yurrien Timber (Ben Uayt, 83), Uilyam Saliba, Yakub Kivyor, Mayls Lyuis-Skelli, Martin Edegor (Itan Nvaneri, 90), Deklan Rays, Mikel Merino, Bukayo Saka, Leandro Trossard, Gabriel Martinelli.

PSJ: Janluiji Donnarumma, Ashraf Hakimi, Markinos, Vilyan Pacho, Nunu Mendesh, Joau Nevesh (Uorren Zair-Emeri, 89), Vitinya, Fabian Ruis , Dezire Due (Gonsalu Ramush, 76), Usmon Dembele (Bredli Barkolya, 70), Xvicha Kvaracxeliya.

Ogohlantirishlar: Leandro Trossard (10), Bukayo Saka (43), Ashraf Hakimi (44).

MATNLI TRANSLYACIYA

UCHRAШUV YAKUNLANDI! ENDI BIR HAFTADAN SO'NG PARIJDA JAVOB O'YINI O'TKAZILADI VA FINALCHI QAYSI JAMOA BO'LIШIGA ANIQLIK KIRITILADI.  

90+3. Uuuux! Nvanerining qulay pasidan so'ng Martinelli o'ta noaniq zarba berdi. 

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi. 

90. "Arsenal"da o'zgarish: Martin Edegor o'rniga Itan Nvaneri maydonga tushdi. 

89. PSJda almashtirish: Joau Nevesh o'rniga Uorren Zair-Emeri bahsni tugatib qo'yadi. 

85. Uuuux! 2 daqiqada 2 ta vaziyat! Gonsalu Ramushning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi darvoza to'sinini qaqshatdi!  

84. Vau! Barkolya birga-bir vaziyatga chiqib borib, noaniq zarba berdi, to'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi. 

83. "Arsenal"da o'zgarish: Yurrien Timber o'z o'rnini Ben Uaytga bo'shatib berdi.

81. O'yin gollarga boy o'tishi taxmin qilinganiga qaramay, minimal hisob ko'rmoqdamiz. 

78. Uuuux! Parijliklardan xavlfi hujum! Barkolyaning pasidan so'ng Nevesh xavfli, ammo noaniq zarbaga mualliflik qildi. 

76. PSJda almashtirish: Dezire Due o'rniga Gonsalu Ramush o'yinga qo'shildi. 

74. Zarba! Xvicha Kvaracxeliya londonliklar posboni ancha oldinga chiqib ketganini payqadi va olisdan darvozani poylab ko'rdi, noaniq.  

72. Londonliklarda himoyachi Ben Uayt uchrashuvga qo'shilishga taraddud ko'rmoqda. 

70. PSJda o'zgarish: Usmon Dembele o'rniga Bredli Barkolya o'yinni davom ettiradigan bo'ldi. 

69. Dembele maydonda yotibdi, jarohat olgan ko'rinadi. "Arsenal" muxlislari norozi. 

67. Zarbalar soni bo'yicha mezbonlar 5:4 hisobida oldinda bormoqda. 

65. PSJ xotirjamlik bilan to'pni o'zida saqlab turibdi, bu hisob parijliklarni har qanaqasiga qoniqtiradi. 

61. Saliba xavfli vaziyatga chiqib borayotgan Hakimini "podkat" orqali mahorat bilan to'xtatib qoldi. Turli highlights'dan joy olsa kerak. 

60. PSJ omadini qarshi hujumdan izlayapti. Etiborlisi, jamoalar hali birorta o'zgarishga qo'l urishmadi. 

58. Temp juda yuqorilab ketdi. Yozishga ulgurmayapmiz. Oxirgi vaziyatda Edegor oldinda turgan hujumchilarna noaniq pas berdi. Yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi. 

56. Uuux! Donnarumma! Trossardning chap oyoqda yaqindan bergan zarbasini Donnarumma qaytarishga erishdi. "Maxluq"! Qoyil! 

54. Trossard himoyadan hujumga o'tib bordi, ammo tushunarsiz va manzilsiz pas uzatib, to'pni mehmonlarga topshirib qo'ya qoldi. 

52. Yakub Kivyor zarba berdi, biroq bu darvozabonga hech qanday qiyinchilik tug'dirgani yo'q.

50. Kelgan joyidan davom etamiz. Hisob hamon – 0:1. 

49. VAR golni tekshirib chiqib, uni bekor qildi. Merino ofsaydda bo'lgan ekan.  

47. GOOOOOL! "Arsenal" ananaga ko'ra standartdan foydalandi! Raysning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini Merino bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi – 1:1

46. Ikkinchi bo'lim to'qnashuv bilan start oldi: Nevesh havodagi kurshda tirsagi bilan Merinoga zarba berib yubordi, jarima zarbasi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Stadiondagi atmosfera Arteta xohlaganidek, ammo jamoaning o'zi qo'shishi kerak. Enrike jamoasida esa hammasi joyida.

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffusga yo'l olamiz. Bizdan uzoqlashmang! 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

"Boss" shu erda

45. Uuuux! Martinelli birga-bir holatga chiqib borib, zarba berdi, Donnurammadan seyv! Dahshat! Italiyalik posbon yana katta sahnaga chiqmoqda! 

44. Parijliklar himoyachisi Hakimi Timberni yiqitdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

43. Saka Mendini biroz itarib yuborgani uchun qoida buzish qayd etildi, shundan so'ng Bukayo jahl otiga mindi va sariq kartochka ishlab oldi. 

42. Ayni paytga kelib xG (ehtimoliy gol) masalasida 0.86 ga 0.29, londonliklar oldinda.  

40. Uuuux! Qanday vaziyat! Saka bir qator himoyachilarni ortda qoldirib, pas uzatdi, biroq Martinelli muvaffaqiyatsiz zarba yo'lladi.

39. Zarba! Saka olisdan erlatib zarba berdi, Donnarumma bu to'pni osonlikcha qo'lga kiritdi. 

37. Uuuux! Merino jarima maydonchasi ichida yotibdi, "Arsenal"chilar penalti so'ramoqda. Nevesh ham to'pga, ham Merinoning oyog'iga o'ynamoqda. Davom etamiz. 

37. Edegorning standartdan oshirib bergan pasi himoyachilar tomonidan bartaraf qilindi. 

35. Xvicha Bukayo Sakaga nisbatan qoidani buzdi. Etirof etish joizki, bugun Sakaning "Arsenal"dagi rolini Due PSJda alo darajada bajarib beryapti. 

33. PSJ maydonda erkin harakat qilmoqda, bosimsiz. "Arsenal" esa o'ziga o'xshamayapti. 

31. Uuuux! Duening erlatib yo'llagan xavfli zarbasini David Rayya bartaraf etdi! Dahshat zarba! Chiroyli seyv! 

27. To'pga egalik qilish statistikasi foizlarda – 28 ga 72. Kutganmidingiz?

24. Edegorning jarimadan oshirib bergan to'pini Kivyor boshi bilan darvozaga yo'naltirdi, Donnarumma to'pni ishonch bilan egalladi. 

23. Mezbonlar sekin-asta o'zlariga kelishmoqda. Lyuis-Skelli maydon markazida Hakimidan ustamonlik bilan o'tib ketdi, ammo yiqitildi. 

21. Efirda Gabriel Magalyaes namoyish etildi. Ha, bugun "kanonirlar" himoyasida uning o'rni sezilmoqda. Sababi u bo'lsa, Saliba ham xotirjamroq o'ynaydi. 

20. Yana Timber diqqat markazida: bu safargi jabrdiyda ham Kvaracxeliya. 

17. Timber Kvaracxeliyaga nisbatan qo'pol harakat qildi va hakam tomonidan og'zaki ogohlantirildi. Sal avvalgi epizodda bu futbolchilar ichkarida to'qnash kelgan va Xvicha jarima maydonchasi ichida yiqilib, penalti so'ragandi. Biroq bosh hakam epizod penaltiga tortmaydi deb topdi. 

14. Zarba! Hakimining havolatib amalga oshirgan pasidan keyin himoyadan hujumga etib kelgan Markinos bosh bilan darvozani poyladi, Rayya o'z o'rnida! 

13. Xvicha Kvaracxeliya chap qanotda faollik ko'rsatib, burchak zarbasi ishladi. Gruziyalik vingerning uzatmasidan so'ng to'p himoyachi orqali maydonni tark etdi.

10. Leandro Trossard Hakimiga nisbatan taktik fol ishlatdi va sariq kartochka oldi. 

8. Londonliklar himoyachilari Dueni passiv qarshi olishdi, raqib fint bilan aldashga urindi, ammo yakunda baribir hujum bir amallab to'xtatildi.   

7. Gabriel Martinellining uzatmasidan so'ng Janluiji Donnarumma to'pga ega chiqdi. "Arsenal" hozircha o'ziga o'xshamayapti. 

4. GOOOOOOOL! Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi! Usmon Dembele! Xvicha Kvaracxeliya ning qulay pasidan so'ng Dembele erlatib pastki burchakni nishonga oldi va hisobni ochdi – 0:1!

1. Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +10   

Fikrlar

+5   
30 apr 02:08:55
Sanjar Mashrabov
ПСЖни мухлисларига табриклар хақли галаба қозонишди,
Арсенал ва Артета тажрибасизлик қилди муҳим паллада тезкор голдан кейин ўзига келиши жуда қийин бўлди ва жуда кўп асабийлашишди,Артета ҳам менимча Меринони марказий ҳужумда қолдириши керак эди иккинчи қаватда ва "подбор" ларда фойдали бўларди, Троссард барибир заҳира ўйинчилиги Билинди.ПСЖга келсак йиллар давомида хейт қилинган ва омадсиз тамгаси босилган турнирда дадил одимламоқда,Энрике мавсум давомида "перестройка" қилиб юборди жамоани, таркибга гап бўлиши мумкин эмас таркиб айни кучга тўлган даврни бошдан ўтқизяпти катта омадсизлик бўлмаса финалда ўйнашса керак ва бу ўйини билан рақиб дан қатий назар Энг камида финалда аутсайдер эмас
+5   
30 apr 02:04:11
Jahongir Mansurov
Зинуp foydalanuvchining fikriga javob berish
Псжни Энрике ута кучайтирибди койил. Финалда Псж-Барса уйнаса керак.
Lekin Inter ham yomon emas.
+5   
30 apr 01:57:40
Зинуp
Шархловчи Даврон Файзиевгаям рахмат бетараф мухлис сифатида маза килдик уйин куриб
+4   
30 apr 02:17:01
Baxtiyor Nazarov
Ertaga Inter ham yutsa bu yog'i Psg-Inter final.
+4   
30 apr 02:14:03
Зинуp
TOSHQONDIY foydalanuvchining fikriga javob berish
BETARAF BOLALLADE JAMOALARI TURNIRNI TARK ETTIYU ....
Афсуски мани жамоам бу турнирда умуман йук))
+4   
30 apr 01:39:46
Равиш
Энг ёмон уйинчи Сака, арсеналнинг барча хужумларини темпини улдириябти холос.
+4   
30 apr 01:00:58
Aziz Baxromov
Асилбек Муминов foydalanuvchining fikriga javob berish
Арсенал реалди хурлаб бази мухлисчаларини кутия арматура тиквориптида халигача хазм килолмейопти)) Команденг слабыйми тан ол бумаса огзинга ол)) Муносиб ракибла юкори даражали футбол кучлиси ютсин. Псж 2025 йил чемпионский уйин киворопти тарихидаги энг кучли балансли париж
Demak seni kotingda armatura deyarli zanglab ketgan. XDXD . Chunki 10 yildan beri kotingda turipti . Uji chirishni boshlagandura XDXD
+4   
30 apr 00:45:31
ArsaBarsa
Arsenal juda sust boshladi o’yinni. O’ziga kelib olyaptiku. Endi gol ham bo’lar. PSJ ancha kuchli. Messi, Mbappe, Beymar davrida ham bunaqa bo’lmagan bu jamoa
+3   
30 apr 05:46:40
Muhammadali Sirojiddinov
Oʻyinni stadiondan koʻrdim juda zoʻr oʻyin boʻldi PSJ juda kuchayib bormoqda manimcha finalga ham chiqadi Arsenal esa bu oʻyini bn yutolmaydi javob oʻyinida lekin belet narxi juda qimmat ekan Angliyada oʻzbe puliga 17milyonga tuwdi srochni oliwim
+3   
30 apr 02:13:30
Baxtiyor Nazarov
Lekin Psg hujumi dahshat- Xvicha, Barkola, Ramos, Dembele, Due. Prosta super
+3   
30 apr 02:10:23
Шухрат Каюмов
Арсенал ухладиев, Франция да янада кийин болади
+3   
30 apr 02:09:34
Djurayev Akbar
ПСЖ қойил. Мураккаб схема, интенсив, тезкор, тотал футбол. Мослашувчанлик зўр, ўйинчилада иштиёқ, техника, умуман, ўйин супер. Бу жамоа янгича давр опкирвотгандек футболга. Энрткега 5 бахо, сезиларли жаражада ўзгартирворибди жамоани. ПСЖ 80% финалда. "Арсенал" бу ўйин билан Парк Де Пренсда хали нимадир қила олишига ишониш жуда қийин. Балки жарохат оганлар, дисквалификация қилинганлар қайтса, бир нима бўлар. Лекин ПСЖ бугун умуман ўйин бермади. Яққол устунлик
+3   
30 apr 02:06:47
Aziz Baxromov
Bek foydalanuvchining fikriga javob berish
Arteta murabbiylar jangida yutqazmadi. Hech kim Psj tarkibida umuman yuqotish yoqligini aytmayapti. Arsenalda tarkib majburiy ilojsiz tanlangan. Zahirasini koʻrgan odam kim bular devoradi. Parti markazni boshqaradigan futbolchi shu boʻlganda ham nimadir qilardi. Xujum markazida birorta markaziy xujumchisiz oʻynayapti.
To‘g‘ri lekin fikiriz . Shu gapizni negadir Realga qarshi xechkim ishlatmadi. Vaholanki Realni himoyasi deyarli 0 edi hamma kuldi nabarot realni ustidan.
+3   
29 apr 23:32:16
Azamat Turgunov
APL uchun olgʻa Arsenal
+3   
29 apr 23:16:31
fff
Arsenal omad. Yagona front. Nimadir qil.
championat.asia
Яндекс.Метрика