So’nggi yangiliklar

09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  0 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  5 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  3 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  7 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  4 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  5 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37

Asror Aliqulov: "Charchoq yoki issiq havo degan gaplar quruq bahona. Har bir uchrashuv ham o'xshayvermaydi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Charchoq yoki issiq havo degan gaplar quruq bahona. Har bir uchrashuv ham o'xshayvermaydi"

Superliga 14-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Mashal" uchrashuvidan so'ng (6:0) muborakliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yin boshidan koncentraciyani yo'qotdik va gol o'tkazib yubordik. Mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'raymiz. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng vaziyatni o'nglashga harakat qildik, ammo yana gollar o'tkazib yubordik. Tarkib tanlashda ham xatoga yo'l qo'ydik" - dedi Asror Aliqulov bugungi bahs haqida.

- Himoyadagi juda-juda ko'p xatolar bo'ldi. Bunga sabab nima?

- "Navbahor"da tezkor Odilov va Jiyanov bor. Ular tezkorligi haqida futbolchilarga aytgandim, ammo biz ko'p to'p yo'qotdik. "Navbahor"ning eng kuchli qurolini ishga solishiga qo'yib berdik. Ular qarshi hujumga chiqib ketishdi.

- Transferlar oynasida "Mashal" kuchayadimi?

- Bu haqda ko'p so'rashadi va men har doim kuchayishimiz shart, deya javob beraman. Ayrim bir vaziyatlarda futbolchilarimizga qobiliyat etishmaydi. Superligada temp juda baland, bunday bosim va temp ostida o'ynay oladigan futbolchilar kerak. Ikkinchi davrada shu saviyaga mos futbolchilarni olishimiz kerak.

- "Mashal"ning bugun o'yini chiqmadi. 1996 yili "Navbahor" 8:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu "Navbahor"ning ikkinchi yirik g'alabasi. Bunday yirik hisobdagi mag'lubiyatning sababi nimada deb o'ylaysiz? O'tgan uchrashuvda jamoangiz "Neftchi"ni mag'lub etgan edi. 0:6 hisobidagi mag'lubiyatning sababi nimada?

- Charchoq yoki issiq havo degan gaplar quruq bahona, xolos. O'yinga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rish masalasi. Biz raqib tezkor ekanligini bilar edik. Qaysidir vaziyatga etiborliroq bo'lishimiz kerak edi, qolgan vaziyatlarda esa mahorat etishmadi. "Navbahor" jamoasining mahoratini ham hisobga olish kerak. Birga-bir vaziyatlarda ular yutib chiqaverishdi. Ikki qanot futbolchilari va G'ulomov juda yaxshi o'ynashdi. Biz tayyor emas edik. Har tomonlama "Navbahor"ga yutqazdik.

- Ko'p murabbiylar jamoasi mag'lub bo'lganida ob-havo yoki boshqa sabablarni aytar edi. Sizning fikringizcha qaysi jamoalar chempionlikka asosiy davogar va qaysi klublar Superligani tark etishi mumkin?

- Favoritlar - "Nasaf", "Paxtakor", "Neftchi" va "Navbahor". OKMKni ham esdan chiqarmaslik kerak. Musobaqaning pastki qismida esa, ikkinchi davrada kim qanday kuchaya olishiga bog'liq.

- O'zbekiston Kubogi haqida qanday fikrdasiz?

- Kubokni kuchli jamoalar tark etdi. "Neftchi"ga qarshi o'yindan so'ng ham aytgan edim. Har bir uchrashuv ham o'xshayvermaydi. Qaerdadir "Neftchi" sust harakat qildi. Masalan, bugun ham tayyorgarlik ko'rgandik, ammo umuman boshqacha o'yin bo'ldi. Oddiy holatlarda to'pni yo'qotish va xatolar. Qaysi jamoalar g'alaba qozonishi haqida oldindan fikr bildirish qiyin.

- "Mashal" jamoasining Superligadagi maqsadlari qanday?

- Biz Superligaga qaytdik. Maqsadimiz o'z o'rnimizni saqlab qolish.

- "Mashal" klubining yaxshi akademiyasi bor. Ushbu yosh futbolchilarni tarkibda ko'ramizmi?

- Selekciya masalasida gapirishim mumkin. Biz Superligada qatnashishimiz biroz kechroq hal bo'ldi. Shu sababli, biz transferlarga kech kirishdik. Biz klubsiz qolib ketgan futbolchilar bilan shartnoma tuzdik. Yoshlarimizga ham etibor bor, ammo Superligada darajasida o'ynay oladigan futbolchilar yo'q. Yaqin kelajakda, "Mashal" jamoasidan ham yosh va iqtidorli futbolchilar etishib chiqadi.

- "Navbahor"ni o'rgangan edik dedingiz. OKMK ham o'tgan uchrashuvda hujumkor futbol bilan boshladi, ammo birinchi bo'lib gol o'tkazib yubordi. Bugun "Mashal" ham hujumga o'tdi va dastlabki qarshi hujumdayoq o'z darvozasidan to'p olib chiqdi. "Mashal"ning bugungi uchrashuvga tayyorlagan rejasi qanday edi?

- Bizda bosim uyushtirish maqsadi yo'q edi. Birinchi vaziyat bizda bo'ldi. Birga-bir imkoniyatga ega bo'lgan edik, ammo gol kirita olmadik. O'sha vaziyat uchrashuvdagi burilish nuqtasi bo'lishi mumkin edi. Gol o'tkazib yubordik va o'sha vaziyatda sustkashlikka yo'l qo'ydik. Ikkinchi golga ham tayyorgarlik ko'rgan edik. Jiyanov ko'proq himoyachilar ortidan ochilishini bilardik. Birinchi bo'limdan so'ng o'yin natijasi hal bo'lgan edi. Futbolchilarning saviyasi va ruhiy jihati bunga sabab bo'ldi.

- "Mashal"ga berilayotgan etibor qanday va klub ichidagi muhit haqida gapirib o'tsangiz?

- Ko'pchilik shu masala bilan qiziqmoqda. Bizda homiy bo'yicha hech qanday muammo yo'q. Oyliklar o'z vaqtida to'lanmoqda. Ichki muhit ham yomon emas. Ko'p rotaciya qilyapmiz. Bugungi mag'lubiyatni unutishimiz va keyingi uchrashuvga tayyorlanishimiz kerak.

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
28 iyu 22:26:57
Уз.
Ракибни кучини тан олишам мардлик кейинги уйинга омад Машалгаям
   
29 iyu 01:33:48
Real Nasaf
Agar Roziqul Berdiyevga imkon bergandek Mashal ham Asror Aliqulovga imkon bersa Mashal yaqin yillarda raqobatbardosh jamoaga aylanadi yaxshi shakllantirib oladi jamoan8
   
28 iyu 22:42:15
Жахонгир-9
Бунака ютказиш эмасда Асрооооор.Шарманда.
   
28 iyu 22:14:29
Alixon Qodirov
Fikringizga navbahor mixlislarini qoyillari
championat.asia
Яндекс.Метрика