"Aqldan ozayotgan" "Tottenxem" o'z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirishga tayyorlanmoqda
18 iyu 23:59
Yangiliklar


"Aqldan ozayotgan" "Tottenxem" o'z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirishga tayyorlanmoqda
"Tottenxem" Ilya Zabarniy bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi.
Jurnalist Janluka Di Marcioning malumotiga ko'ra, "shporlar" 22 yoshli futbolchi uchun "Bornmut"ga 70 million evro to'lashga tayyor turibdi. Buning uchun futbolchining o'zi ham transferga rozilik bildirishi kerak.
PSJ ham ukrainalikka davogarlik qilmoqda va bunga qadar 60 million evrolik taklif ham jo'natgandi. Biroq bu taklif ingliz klubi tomonidan rad qilingan.
Zabarniy o'tgan mavsumda APLning 36 o'yinida ishtirok etdi.
Malumot uchun, "Tottenxem" bunga qadar Muhammad Kudusni sotib olish uchun 63 million evro sarfladi va o'z tarixidagi ikkinchi rekord transferni amalga oshirdi. Shuningdek, Morgan Gibbs-Uaytning ham transferi amalga oshishga yaqin turibdi. "Shporlar" u uchun 69 million evro to'lashi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Буёқда ПСЖ нарёқда эса Тоттенхэм бир вагон пул беришга очередга турибти!?
Уткан мавсум Мудрикни хам роса мақташганди,уйинни хам қойил қилмади унинг устига допинг билан қулга тушиб дисквалификация олди.
Шунчаки сиёсий пиар булса керак