So’nggi yangiliklar

07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  0 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16

“Andijon” yangi futbolchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazdi Yangiliklar

“Andijon” yangi futbolchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazdi

Bo'lajak mavsumga har qachongidanda yuqori kayfiyatda tayyorgarlik ko'rayotgan “Andijon” jamoasi ayni damda yig'inni o'z qarorgohida olib bormoqda.

Mashg'ulotlar Viktor Jalilov boshchiligida o'tkazilmoqda. Rejaga ko'ra, bugun futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tdi. Etiborlisi ularning orasida yangilar ham bor. Xususan, so'nggi ikki yilni Malayziya chempionatida o'tkazib qaytgan Bobur Akbarov yana jamoaga taklif etildi. Tajribali himoyachi klub rahbariyati bilan o'tkazgan muzokaradan so'ng joriy mavsumni “Andijon”da boshlashi  aniq bo'ldi.

SHuningdek so'nggi yillarni “Neftchi”da o'tkazib kelgan qanot yarim himoyachisi Abdurahmon Abdulhaqov hamda “Mashal” bilan xayrlashishga qaror qilgan yarim himoyachi Abdulloh Olimov “Andijon” jamoasi bilan kelishuvga erishdi. Ushbu futbolchilar PFL talabiga binoan bugun tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

Tarkibni kuchaytirish maqsadida hozirda yana bir qator futbolchilar bilan muzokara o'tkazilmoqda. Yangi futbolchilar katta extimol bilan jamoaning Toshkentda boshlanadigan yig'iniga kelib qo'shiladi. Malumot uchun “burgutlar”ning o'quv-yig'ini  8 yanvardan poytaxtga ko'chadi.

Turkiya yig'iniga qadar murabbiylar shtabi selekciya ishlarini yakunlab, tarkibni shakllantirib olishga xarakat qilmoqda.    


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика