02 sen 2023 20:35

Alisher Latipov: "Birinchi gol xatolar ketma-ketligi tufayli sodir bo'ldi"

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
SHo'rtan" hamda "Yunired" o'rtasidagi Pro liganing 16-tur o'yinidan (3:0) so'ng mehmon jamoa ustozi Alisher Latipov ishtirokida matubot anjumani o'tkazildi.

Alisher Latipov: "Xatolar tufayli gollar o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda o'yinni o'zgartirishga harakat qildik, biroq bunday bo'lmadi. "SHo'rtan"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ushbu o'yinni esdan chiqarib, bahsni tahlil qilib, "Mashal"ga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz".

- Birinchi golda to'pga kim ulgurishi kerak edi, darvozabonmi yoki himoyachi?

- Birinchi gol xatolar ketma-ketligi tufayli sodir bo'ldi.

- "Yunired" tezkor goldan so'ng o'zini yo'qotib qo'ydimi?

- Yo'q, vaziyatlar bo'ldi, harakat qildik, biroq omad ham biz tomonda bo'lmadi.

- Bugun urilgan gollarning barchasi chap qanotdan sodir bo'ldi. O'zgarish qilishga urinib ko'rdingizmi?

- Ayni damda tarkibimizda jarohat olganlar bor, shu sababli o'zgartirishga imkoniyat bo'lmadi.

- Belgilangan penalti bo'yicha etirozingiz bormi?

- Qanday etiroz bo'lishi mumkin. Tarkibdagi yo'qotishlar o'z so'zini aytdi.

- Jamoaning mavsum oldidag maqsadi qanday edi?

- Mavsum oldidan kuchli beshlikka kirish vazifasi qo'yilgandi.

Bu xabar bilan bo'lishing:
  0 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика