So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  207 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  2 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Aleksandr Xomyakov: "Bu o'yinda Superliga va Pro liga o'rtasidagi farq ko'rinib qoldi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Bu o'yinda Superliga va Pro liga o'rtasidagi farq ko'rinib qoldi"

Bugun bo'lib o'tgan Superligaga chiqish pley-off bahsida "Mashal" imkoniyatni boy berdi.

Muborakliklar Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida o'tkazilgan o'tish o'yinida "So'g'diyona"ga qarshi bahs olib borib, 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. O'yindan keyin jamoa ustozi Aleksandr Xomyakovning fikrlari quyidagicha bo'ldi.

- O'yin haqida nima deya olasiz?
- Natijadan juda xafaman. Futbolchilar ham xafa bo'lib o'tirishibdi. Albatta, biz ham g'alaba qozonishni xohlagandik, lekin buning uddasidan chiqmadik. Ko'p hollarda o'rtacha futbol namoyish etdik. Tarkibda o'zgarishlar bo'ldi, bazi sabablarga ko'ra kuchli futbolchilarni maydonga tushira olmadik. Qolaversa raqib ham o'zimiz yo'l qo'ygan xatolardan munosib jazoladi. To'g'risini aytish kerak, biz raqib oldida birmuncha kuchsiz ko'rindik.

- O'tkazib yuborilgan gollar xususida?
- Jarima zarbasidan gol o'tganimiz jamoa kayfiyatiga tasir qildi. Ikkinchi taym boshida o'tkazib yuborilgan gol esa bizga yanada qattiq zarba berdi. Buning oqibatida uchinchi to'pni ham o'tkazdik. SHu o'rinda "So'g'diyona"ni g'alaba bilan tabriklayman.

- Sizningcha, "So'g'diyona" nimasi bilan kuchlilik qildi?
- Avvalo bu jamoaning Superligada o'ynagani bilinib turdi. Biz bu yil Pro ligada o'ynab bunday kuchli raqibga to'qnash kelmagandik. Butun mavsum davomida hech qaysi jamoa bizga bu qadar qarshilik ko'rsata olmagandi. SHu bois birdaniga futbolchilardan kuchli o'yinni talab qilish oson emas. Qolaversa, to'rt kun ichida jamoani jiddiy o'yinlarga tayyorlab bo'lmaydi.

- Keyingi rejalar nimalardan iborat?
- Hozir bu haqda bir narsa deya olmayman. CHunki keyingi yil qaerda o'ynashimizni bilmayman. O'zimga keladigan bo'lsak, shartnomam muddati tugayapti va klub rahbariyati bilan gaplashib olgach hammasi oydinlashadi. SHunga qarab reja tuzamiz.

- SHunday qilib bu yilgi mavsum ham tugadi, matbuot orqali muxlislarga nimalar deyishni xohlaysiz?
- Avvalo Pro ligadan Superligaga chiqa olmaganimizdan xafaman. Qolaversa, paley-offdan ham o'ta olmadik. Buning uchun "Mashal" muxlislaridan uzr so'rayman. Muborakda aholi ko'p emas, shunga qaramay futbolni sevuvchilar etarlicha topiladi. Albatta, biz ham o'z muxlislarimizga quvonch ulashishni maqsad qilgandik, ammo buni uddalay olmadik.

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика