So’nggi yangiliklar

12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  0 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  2 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  4 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  18 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  30 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  7 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  171 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  2 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1

AGMK bosh direktori Bahodir Mirzaev: "Eng muhimi mavsumni g'alaba bilan boshlash" Yangiliklar

AGMK bosh direktori Bahodir Mirzaev: "Eng muhimi mavsumni g'alaba bilan boshlash"

AGMK jamoasi qura yakunlariga ko'ra dastlabki turni Toshkentda "Surxon"ga qarshi o'tkazadi. Ushbu jarayon haqida AGMK bosh direktori Bahodir Mirzaev fikrlarini bildirdi.

"Qura AGMK uchun yaxshi o'tdi, deb o'ylayman. Mavsum davomida har bir jamoaga qarshi uy-safar tizimida o'ynaymiz. Birinchi turda "Surxon"ga qarshi o'yinni "Paxtakor" stadionida o'tkazamiz. Katta ehtimol bilan "Bunyodkor" bilan bahs ham shu arenada bo'ladi. Bu paytda "Bunyodkor" stadionida U-20 Osiyo kubogi o'tadi. Uchinchi turga kelib Osiyo kubogi guruh bosqichi, chorak final o'yinlari yakunlanib yarim final bahslari boshlanadi. Natijada "Jar" stadioni bo'shaydi. Mazkur arenada AGMK mezbon sifatida "Olimpik"ka qarshi o'ynaydi. Umuman dastlabki turlarda yaxshi raqiblar tushdi. Ketma-ket raqobatchilar bilan o'ynamayapmiz. Teng taqsimlangan holatda keldi. Mavsumni chiroyli va muhim g'alaba bilan boshlash istagidamiz. CHunki bu turlardagi g'alabalar maqsad sari jiddiy intilishda futbolchilarga dalda bo'ladi. 

"Surxon"ga kelsak, ular yangidan shakllanyapti. Bu jamoa haqida nafaqat menda, boshqalarda ham to'liq tasavvur bo'lmasa kerak, deb o'ylayman. "Surxon" "Olimpik" yo'lidan borib yoshlarga etibor qaratmoqda. Termizliklar biz kabi yangi mavsumga Antaliyada tayyorgarlik ko'rmoqda. Ularni o'yinlarini kuzatamiz. Murabbiylar tomonidan o'rganiladi. Eng muhimi startni g'alaba bilan boshlash. Qolgan natijalarni tayyorgarligimiz, ko'rsatadigan o'yinimizdan kelib chiqib bilib olamiz", - deydi Bahodir Mirzaev.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика