So’nggi yangiliklar

01:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал" 3:0 (матнли трансляция)  137 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  0 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  18 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  3

Agar ishtirok licenziyaga bog'liq bo'lsa, "Mashal" Superligaga loyiq Yangiliklar

Agar ishtirok licenziyaga bog'liq bo'lsa, "Mashal" Superligaga loyiq

Teglar :  Mashal
Oxirgi paytlarda PFLga aloqador kishilar 2019 yil uchun qaysi klub licenziyalashdan o'ta olmasa, Superligaga qo'yilmasligi haqida gapirishyapti.

Bunga qo'shilamiz, zero OFK ham avvalo klublar licenziyalash talabini qanchalik bajarganiga etibor qaratadi. Yaqinda ish yuzasidan Muborakda bo'lib qaytdim. Borishdan maqsad, yangilangan klub akademiyasi holatini o'rganish edi. Bu haqda tez orada alohida maqola yozaman.

Anchadan beri Muborakka bormagandim. O'tgan ikki-uch yil ichida klub infratuzilmasi ancha o'zgaribdi. Stadion batamom qayta tamirdan chiqarilgan, klub akademiyasi zamonaviy ko'rinishga keltirilgan. Stadionda OAV uchun 40 kishilik media-tribuna mavjud. Kiyim almashtirish xonalari ham shinam. Maydon holati esa bazi oliy liga klublarinikidan yaxshi. Dekabr oyida zamonaviy akademiyaning to'liq yotoqxona va oshxonasi ishga tushishi kutilmoqda.

Qisqasi, 2019 yil oldidan aynan infratuzilma bo'yicha Superliganing hech bo'lmasa 6 ta jamoasidan "Mashal" har tomonlama ustun. Jamoa shu kunlarda Superligaga chiqish uchun pley-off bosqichiga tayyorgarlik ko'rmoqda. "Mashal" Superliga chiqa oladimi-yo'qmi, bir narsa deya olmaymiz. Lekin modomiki gap licenziyalash ustida borayotgan ekan, muborakliklar licenziya shartlarini bajara olishadi.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика