So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:2 (онлайн ҳисоб)  9 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

A Seriya. Bugun "Lacio" - "Milan" yoxud "Napoli" "Kevo" darvozasiga nechta gol ura oladi? Prevyu. Yangiliklar

A Seriya. Bugun "Lacio" - "Milan" yoxud "Napoli" "Kevo" darvozasiga nechta gol ura oladi? Prevyu.

Teglar :  Prevyu A Seriya
Bugun 13-turning yana bir qator o'yinlari bo'lib o'tadi.

Napoli   vs   Kevo

Anchelotti jamoasi Genuyada bo'lib o'tgan turda bazo'r g'alaba qozonishgandi. “Inter”ning mag'lubiyatidan foydalanib, neapolliklar ikkinchi pog'onaga chiqib olishgandi. “Napoli” hozirda peshqadam “Yuventus”dan 6 ochkoga ortda qolmoqda. CHempionlik uchun kurash xali tugagani yo'q, shunday ekan intriga ham hali tirik.

Anchelotti ECHLdagi o'yinlari orqali top raqiblar bilan kurasha olishi va hattoki, turinliklar bilan kuch sinasha olishi mumkinligini ko'rsatdi.

Mehmonlar esa etti turda bor yo'g'i 1 ochkoga ega bo'lgan. Hozircha “Kevo” jamoasida jiddiy o'zgarishlar yo'q. Xavfli zonadan chiqib olish mushkul bo'ladi. 

Veronaliklar elitani tark etish uchun asosiy nomzodlardan biriligicha qolmoqda.

“Napoli” bugungi o'yinda favorit ekaniga shubha yo'q. Biroq, savol: u “Kevo” darvozasiga nechta gol ura olar ekan?! Kelasi hafta “Napoli” CHempionlar Ligasida ishtirok etadi, buni ham yoddan chiqarmaslik lozim. 

"Kevo" “San-Paolo”da bo'lgan 7ta o'yinning 5tasida mag'lubiyatga uchragandi. 1 martta durrang va 1 marotaba g'alaba qozongan.


Empoli   vs   Atalanta

Bosh murabbiy o'zgarishi "Empoli"ga jiddiy tasir qildi. To'g'ri, tan olish ham kerak, raqib jamoa uncha ham kuchli emasdi (“Udineze” 2:1 ). Lekin bu toskaniyaliklar uchun 10ta turdan beri erishilgan birinchi g'alaba va mavsumdagi bor yo'g'i ikkinchi omadli o'yin edi. SHu birgina muvaffaqiyatli bahs mezbonlarni 19 o'rindan yuqori pog'onaga ko'tarilishi va elitadan chiqib ketmasligi uchun zamin yaratdi.  

“Atalanta” esa qatorasiga 4 martta g'alaba qozondi. Hattoki, so'nggi turda “Inter” jamoasini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan edi. Takidlash lozim, Gasperini shogirdlari milanliklarga mavsumdagi birinchi yirik mag'lubiyatni “sovg'a” qildilar. Murakkab boshlangan chempionatdan so'ng, Bergamo jamoasining o'ziga bo'lgan ishonchi ortgandi. SHundan so'ng, ular turnir jadvalida 8-o'rinni egallagan edi.

Bugungi o'yin mehmonlarga unchalik ham qiyinchilik tug'dirmasa kerak. Lekin mezbonlar nima qilib bo'lsa-da, g'alaba qozonishga harakat qilishlari aniq. So'zimiz isboti sifatida: “Yuventus” (2:1) va “Lacio” (1:0), “Milan” (1:1) bilan esa durang bilan yakunlangan o'yinlarni keltirish mumkin.

Lekin so'nggi turlarga nazar tashlasak, bergamoliklarning to'xtash niyati yo'q va ular chempionatdagi beshinchi g'alabaga yaqin turibdilar desak, mubolag'a bo'lmaydi. Aslida nima bo'larkin, vaqt ko'rsatadi.  


Lacio   vs   Milan

Oxirgi vaqtlarda rimliklar unchalik ham ishonchli o'yin namoyish eta olishmayapti. O'tgan mavsum bilan solishtirsak, farq sezilarli darajada. Oldingi turda jamoa "Sassuolo"ni ham enga olmadi (1:1), undan avvalroq esa "burgutlar" "Inter" bilan o'yinda yirik hisobda (0:3) mag'lub bo'lishgandi.

"Milan" esa g'alabali seriyadan so'ng, "Yuve"ga yutqazib qo'ydi. Ungacha bo'lgan seriyani ham ishonchli edi deb bo'lmaydi, sababi raqiblar ichida kuchli jamoalarni qidirib topish mushkulroq vazifa edi. Jamoaning deyarli har bir chizig'ida muammo mavjud. Himoyachilarga ham savollar etarli, qo'shimchasiga o'yinga tanlanayotgan rejalarni ham tushunib bo'lmayapti. Qator jarohatlanganlardan tashqari, o'yinni qizil kartochka tufayli, jamoaning eng yaxshi to'purari Iguain o'tkazib yuboradi.
O'tgan o'yinda argentinalik hakamdan noroziligini yashirib o'tirmadi va uning "adresiga" o'zining "shirindan-shakar" so'zlarini yo'llab qo'ya qoldi.    

Har ikki jamoa musobaqa jadvalining yuqori qismidalar. Milanliklar "burgutlar" bilan elkama-elka ketishmoqda. Rimda bo'lgan oxirgi 7ta o'yinning 4 tasida "Lacio" g'alaba qozongan, 2 bor durang qayd etilgan va "Milan" bor yo'g'i bir bor zafar quchgan. Rossoneri qiynalishi aniq. Qo'shimchasiga jarohatlar Gattuzo jamoasini mushkul ahvolga solib qo'ymoqda.

"Burgutlar"ning faqatgina top komandalarga qarshi o'yinlardagi (omadsiz) statistikasini "Milan" foydasiga keltirish mumkin.

SHuningdek, bugun:

Parma   vs   Sassuolo


Bolonya   vs   Fiorentina


Jenoa   vs   Sampdoriya


Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика