Zuma ijara asosida boshqa ingliz klubiga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2017, 15:49
"Chelsi" himoyachisi Kurt Zuma yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

22 yoshli futbolchiga "Stok Siti" va "Vest Bromvich" qiziqish bildirmoqda. Yaqin vaqt ichida tomonlar futbolchining ijarasi borasida muzokaralar o'tkazishi kerak.

Zuma 2016 yilning fevralida tizzasidan jarohat olib, 1 yilga yaqin maydonga tusha olmagan edi. "Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Kontening fikricha, Kurt Zuma boshqa klubda, ijarada o'ynasa ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladi.

Fransiyalik himoyachi 2014 yilga "Chelsi"ga o'tgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports