Zohid Ismoilov: "Muxlislarsiz g'alabalar bizga tatimaydi"

Narzulla Saydullayev
6 may 2018, 22:05
PRO-Liga 7-turidan o'rin olgan “Yozyovon”- “Zomin” (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar safida eng yaxshi o'yinchi deb topilgan Zohid Ismoilov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

- Zohid, qiyin o'tgan uchrashuvda qozonilgan g'alaba bilan tabriklaymiz.   Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz qanday?
- Kutilganidek qiyin o'yin bo'ldi. Biz jamoadoshlarim bilan maydonda borimizni berib harakat qildik. Bellashuvlarga boy tarzda o'tgan uchrashuvda ko'rib turganingizdek 1:0 hisobida g'alaba qozondik.  

- Siz ushbu uchrashuvda mezbonlar safida eng yaxshi o'yinchi deb topildingiz. Kelajakdagi rejalaringiz qanday?
- Men har doim o'z oldimga katta maqsadlarni qo'yaman. Hozirgi darajam bilan to'xtab qolmoqchi emasman. Nasib qilsa o'z o'yinlarimni yanada kuchaytirgan xolda Superligada, masalan o'zimizning Farg'ona viloyatidagi Superliga ishtirokchilari – "Neftchi" va "Qo'qon-1912"  klublarida o'ynash niyatim bor. Bugungi uchrashuvda muxlislar doimgidek bizni qo'llab-quvvatlab turishdi, men “Yozyovon” klubi muxlislariga shuni aytmoqchimanki, sizlarsiz bizga g'alabalar tatimaydi, siz aziz muxlislar uchun biz futbol o'ynaymiz.  

Bekzod Tolibov yozib oldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia