Zlatko Dalich: "Hozircha Kovachich qancha vaqtni o'tkazib yuborishini bilmayman"

Tolibjon Qosimov
3 iyul 2018, 21:42
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich jamoa yarim himoyachisi Mateo Kovachichning ahvoli haqida gapirdi.

Kovachich JCH-2018 nimchorak finali doirasida Daniya qarshi bahs (1:1, penaltilar bo'yicha 3:2)da zaxiradan maydonga tushib elkasidan jarohat olgan edi.

"Kovachich yakkakurashdan so'ng yiqildi va elkasida og'riq his qildi. Shunga qaramay, u o'yinni davom ettirdi va o'zini mardonavor tarzda ko'rsatdi. Hozircha uning qancha muddatni o'tkazib yuborishini bilmayman, yaqin vaqtlarda shifokorlar aniq tashxisni aytishadi", - dedi Dalich.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net