Zlatan Ibragimovich "Anderlext" bilan o'yinda jarohat oldi

Tolibjon Qosimov
21 apr 2017, 03:45
Biroz avval Yevropa ligasi 1/4 final javob uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Anderlext"ga qarshi o'yinda jarohat oldi. Ibragimovich ikkinchi bo'limning oxirida to'pni ko'kragi bilan qabul qilib olmoqchi bo'ldi va erga noqulay tushdi. Qo'shimcha bo'limlar oldidan uning o'rniga Antoni Marsyal maydonga tushdi. Jarohatning qay darajada ekanligi keyinroq klub tomonidan ma'lum qilinadi. Katta ehtimol bilan jarohat jiddiy va shvetsiyalik hujumchi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia