Zirkzee "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin

Alisher Ostonov
15 noya 2025
Hujumchi Joshua Zirkzee qishda klubini o'zgartirishi mumkin.

Bu haqda insayder Nikolo Skira yozmoqda.

Qayd etilishicha, futbolchining xizmatlariga Yevropaning nomi oshkor etilmagan klublari qiziqish bildirmoqda. Zirkzeening MYU bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining narxini 28 mln evroga baholamoqda.

Joshua Zirkzee "Manchester Yunayted" safida jami 54 ta o'yin o'tkazib, ularda 7 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira