

Bu "Qirollik klubi" ustozi Zinedin Zidanning "Real" bosh murabbiyi sifatida qo'lga kiritgan ikkinchi UEFA Superkubogi. 18 oy oldin "qaymoqranglilar" ustozi sifatida tanishtirilgan fransiyalik mutaxassis hozirgacha madridliklar bilan 2 marta Chempionlar ligasida, 2 marta UEFA Superkubogida, 1 marta LaLigada, 1 marta klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib bo'ldi.
Shunday qilib, Zinedin Zidan o'rtacha har 14,7 ta uchrashuvdan so'ng sovrin qo'lga kiritmoqda va bu har qanday murabbiy uchun fantastik natija!



