Zinedin Zidan: Ronaldu gol urganidan xursandman

Narzulla Saydullayev
16 okt 2016, 09:32
Real ustozi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 8-turida Betisga qarshi o'yindan so'ng (6:1) o'z fikrlarini bildirdi.
O'yin haqida

To'rtta durangdan so'ng bugungi o'yinimizdan qoniqdim. Endi kichkina klublar yo'q, tez o'ynashimiz talab etilar edi. O'yinni kuchli boshladik. Bunda raqibga og'ir bo'ladi.

Raqiblar haqida

Boshqa jamoalarda nimalar bo'layotganini kuzatmaymiz. Biz shunchaki har bir bahsda o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak xolos.

Ronaldu haqida


Undan tashvishda emasman. U doim gol urishni istaydi va bu normal. Krishtianu jamoadagi boshqalarga o'zining energiyasini tarqatadi. Bugun gol urganidan xursandman.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com