Zinedin Zidan 49 yoshida bobo bo'ldi

Alisher
21 may 2022, 14:57
"Real" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan 49 yoshida bobo bo'ldi.

Uning o'g'li Enconing oilasida 20 may kuni qiz tug'ildi va unga Sia deb nom berishdi.

Zinedin Zidanning yana uch nafar o'g'li bor - Lyuka, Teo va Elias.

27 yoshli Enco Fransiyaning ikkinchi ligasidagi "Rodez" jamoasida o'ynaydi. U joriy mavsum jamoa tarkibida 15ta o'yinda maydonga tushdi.

49 yoshli murabbiy 2021 yilning may oyida "Real"dan ketganidan beri ishsiz yuribdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gala.fr