Zidanning o'g'li 29 yoshda faoliyatini yakunlashga qaror qildi

Omonjon To`xtamirzayev
24 sen 2024, 15:28
Ma'lumotlarga qaraganda, fransiyalik xavbek Zinedin Zidanning o'g'li Enco Zidan faoliyatini 29 yoshda tugatishga qaror qildi.

Futbolchining oxirgi klubi "Fuenlabrada" bo'lib, u klubni 2023 yilning yozida tark etgandi.

Takidlanishicha, Enco obdon o'ylab qaror qabul qilgan va oila a'zolarini uni qo'llab-quvvatlagan.

Eslatib o'tamiz, Enco 13 yil davomida "Real Madrid" akademiyasi tizimida shug'ullangan va 2017 yilda "Alaves" safiga ko'chib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: as.com